Nikolay Osipov: Özbekistonda media futbol rivojlanayotgani quvonarli
Rossiyaning “Sputnik” axborot agentligi Özbekiston – Rossiya III media forumi doirasida ikki mamlakat örtasida media sport sohasidagi hamkorlik istiqboliga eʼtibor qaratdi.
Naşr Media futbol ligasi asosçisi va prezidenti Nikolay Osipovning mamlakatimiz auditoriyasiga oid fikrlarini eʼlon qildi. Maʼlum qilinişiça, liga kontenti tarqatiladigan platformalar auditoriyasining 4,5 foizini Özbekiston aholisi taşkil etadi.
– Bunday salmoqli körsatkiç biz uçun şaraf, – dedi Osipov. – Uç yil avval Rossiyada ekilgan kiçik uruğ bugun Özbekistonda ham unib, muvaffaqiyatli rivojlanayotganini köriş biz uçun juda quvonarli.
Ekspert ötkazilayotgan media futbol jamoalari uçraşuvini şunçaki öyin emas, balki televizion mutaxassislar, texnik xodimlar uçun tajriba almaşiş imkoniyati sifatida baholadi. Media futbolning öziga xosligi haqida gapirar ekan, liga rahbari bu yönaliş sport, şou-biznes, ijtimoiy tarmoq va zamonaviy axborot mahsuloti yaratiş sohalarini birlaştirişiga eʼtibor qaratdi. Yaʼni, mazkur format sportga avval qiziqmagan yoşlarni ham jalb etadi.
Musulmon Ziyo, ÖzA