Tojikiston Xalqaro jinoyat sudi chiqmoqchi
Mamlakat Parlamenti quyi palatasi favqulodda sessiyasida Tojikistonning Xalqaro jinoyat sudidan chiqishi to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokama qilindi. Qonun chiqaruvchi idora matbuot xizmati shu haqda xabar bergan.
– Favqulodda sessiyada... “Xalqaro jinoyat sudi statuti amal qilishini tugatish to‘g‘risida”gi rezolyutsiya loyihasi taqdim etildi va muhokama qilindi, – deyilgan bayonotda.
Tojikiston 2000-yil XJS bilan hamkorlik qila boshlagan va sobiq ittifoq hamda Markaziy Osiyo hududida Rim statuti ratifikatsiya qilingan ilk davlat bo‘lgandi.
S.Rahimov, O‘zA