Surxon tabiati bahor faslida yanada chiroy ochadi. Ayniqsa, tog‘ bag‘rining alvon rangda tovlanishi o‘zgacha. Ha, anglaganingizdek, bu go‘zallik lolaqizg‘aldoqlarning kengliklarda chaman bo‘lib ochilgan ayni pallasiga taalluqli.
Buyuk musavvir – tabiat bahorda milliard yillik tarixga ega Bobotog‘da ajib go‘zallik yaratgan. Qizg‘aldoqlar oralab borar ekansiz, tog‘ etagining hech qizg‘onmay sizga o‘z husni-tarovatini namoyon qilayotganini ko‘rasiz. Har bahor takror unib chiqayotgan lolaqizg‘aldoq butun borliqni egallab olgandek go‘yo. Daraxtlar oralab oqayotgan suv esa ularga oshiq kabi o‘ynoqlamoqda.
Tabiat ne’mati ila bo‘y cho‘zgan lolaqizg‘aldoqlar aro sayr har insonni shu onda o‘ziga rom etmay qo‘ymaydi. Saylga shoshiling, Bobotog‘ning alvon go‘zalligidan bahramand bo‘ling!
[gallery-22852]
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/GMtmYaleYEQ" title="Togʻ bagʻrida qoʻnim topgan lolaqizgʻaldoq" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat va video), O‘zA