Tibbiyot xodimlari o‘zaro bellashdi
Navoiy shahrida tibbiyot xodimlari o‘rtasida “Sog‘lom tanda – sifatli tibbiyot” shiori ostida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi uchun viloyat bosqichi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan ushbu sport tadbirida mini futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi va voleybol kabi sport turlari bo‘yicha saralangan jamoalar o‘zaro kuch sinashdi. Musobaqada jami 518 nafar ishtirokchi qatnashib, har bir yo‘nalish bo‘yicha qizg‘in va murosasiz bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqa O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati Kengashi tomonidan tashkil etildi. Qayd etish joizki, uning quyi bosqichlarida 10 ming 285 nafar tibbiyot xodimlari ishtirok etdi.

Bellashuvlar yakuniga ko‘ra, Qiziltepa tumani tibbiyot birlashmasi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kubogi” sohibi bo‘ldi.


G‘olib va sovrindorlar, shuningdek, faol ishtirokchilar munosib taqdirlandi.
A. Bo‘riyev, O‘zA muxbiri