Bugun – Tibbiyot xodimlari kuni

“Sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir”.

Shavkat Mirziyoyev.

​Yangi O‘zbekistonda aholi salomatligini mustahkamlash ustuvor vazifa etib belgilangan. Zero, shifokor-u hamshiralar zimmasiga kishida ertangi kunga umid va ishonch uyg‘ota olish, insonlar dardiga darmon bo‘lishdek sharafli mas’uliyat yuklangan. Hammamizga ma’lum, noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi mamlakatimizda “Tibbiyot xodimlari kuni” sifatida keng nishonlanadi.

​Inson hayotda o‘zidan yaxshi nom, yaxshi iz qoldirishni niyat qiladi. Bugungi qahramonlarimiz ham umrini shunchaki o‘tkazmasdan, o‘zgalarga yaxshilik qilishni umr mazmuni, hayot shioriga aylantirgan.

​Oq xalat kiygan odamni ko‘rsak, darrov tibbiyot xodimiligini anglaymiz. Albatta, rang yoki shakl turfa, ammo oqlik bizda ongli ravishda ishonch tuyg‘usini uyg‘otadi. Qiziqarli jihati shundaki, “xalat” ham arab tilidagi “hil-at” so‘zlar birikmasidan olingan bo‘lib, “sharafli libos” ma’nosini berarkan. Shuning uchundir, ulardagi oqko‘ngillik har qanday kishini yorug‘lik sari boshlayveradi, go‘yo.

​Tibbiyot xodimining kasbi xuddi sahroda kiprik bilan quduq qazishdek mashaqqatli, chunki inson salomatligi uchun kurashish shunchaki ish emas, balki eng ulug‘ ibodatdan-da ustunroq. Inson bebaho boyligi – hayotini shifokorga topshiradi. Bu ishonchni oqlab, qalblardan joy olish ham rizqdek gap. Bemorning o‘z umri manzilida sog‘lom va baxtiyor hayot kechirishi salomatlik posbonining xasta ko‘ngilga bergan malhamiga bog‘liq.

​Tarixan ehtirom qilingan va har kim bilishi shart bo‘lgan hayotiy ilm – salomatlik necha asrlardan buyon ko‘pni ko‘rgan otaxon-u onalarimizning har gal fotihaga qo‘l ochib, boylikning boshi – sog‘liq, deya, eng avvalo, tansihatlik, xotirjamlik so‘rashlari salomatlikning beqiyos ahamiyatidan darak beradi.  

Tan sog‘ bo‘lmasa, odam bu dunyoda baxtli bo‘lishi qiyin. Unutmaslik kerakki, “salomatlik” hatto, jannatda ham yangraydigan kalom.

Hayot – hayotda! Insonning dunyoga kelishi va ketishi muayyan qonuniyatga asoslangan, uning biror kasallikka moyilligi esa umri davomida tevarak-atrofni qurshagan muhitga, qolaversa o‘ziga, ahvol-u ruhiyatiga juda-juda bog‘liq.

​Jism va ruh salomatligi insonning kamolotga erishishi kaliti sifatida e’tirof etiladi. Avvalo, hech kim dard chekib, yotib qolmasin. Binobarin, tanasi og‘rib – joni sezgan har kimsaning darddan forig‘ bo‘lishi shifokor, hamshiraning kasb mahorati, bilimi, malakasi, tajribasi, insoniy fazilati bilan chambarchas bog‘liq.

​Bugun O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida tibbiy-ijtimoiy islohotlar samara bermoqda. Aholi salomatligini tiklash maqsadida zamonaviy tibbiy ko‘riklar hududlarning o‘zida tashkil qilinib, xalqimizga jahon andozalari darajasida birlamchi tibbiy-profilaktika, shoshilinch va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatilib, eng murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkazib kelinayotgani tibbiyotimizda yangi davr boshlanganidan dalolat. Zamonaviy tibbiyot yo‘nalishlarini kompleks rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar davlatimiz siyosatining ajralmas qismiga aylangan.

​Bu xalqimizning ertangi kunga ishonchini mustahkamlab, mudroq qalblarni uyg‘otadi, siniq ko‘ngillarga ro‘shnolik baxsh etadi. Tibbiyot shiddat bilan rivojlanib, eng zamonaviy texnologiyalar qo‘llanayotgan bir paytda, har kim o‘z najot yo‘lini tanlaydi. Tabibga maqomni xalq beradi, ammo o‘zi olib qo‘yishi ham mumkin, degan gap shundan bo‘lsa kerak.

Prezidentimiz “Xalq tibbiyot sohasiga qanchalik ishonsa, davlatga ham shunchalik ishonadi. Xalq ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlardan rozi bo‘lsa,  davlatdan, bugungi yuritilayotgan siyosatdan ham rozi bo‘ladi”, deya ta’kidlab, tibbiyot xodimlari o‘z bilim-salohiyati, ko‘nikmasini oshirishi uchun keng imkoniyatlar yaratish barobarida, samarali mehnatning alohida e’tirofi sifatida, soha vakillarini Davlat mukofotlari, orden va medallar bilan taqdirlab keladi. Bu ularga bildirilgan yuksak ishonch, ulkan bahodir.

Zero, jonkuyar insonlar uchun shunday e’zoz-u ehtirom yarashadi.

Zamonaviy tibbiyot va tabobat o‘rtasidagi bahs azaliy mavzu. Tan olib aytish kerak, bu ikki tushuncha orasida nosog‘lom raqobat mavjud. Aslida, bunday qiyosning o‘zi noto‘g‘ri.

Kasallik turiga qarab, muqobil yo‘lni tanlash har kimning o‘ziga bog‘liq.  

Surunkali kasalliklar ildizini aniqlashda xalq tabobati samarali bo‘lsa, yuqumli kasalliklarni bartaraf qilishda zamonaviy tibbiyotning imkoniyati keng. Yagona xulosa shu: har qanday holatda Yaratganning xohishi ustuvor. Muammo esa haqiqatga olib boruvchi yo‘lni turli va ayro deb bilishda. Qachonki, yo‘llar birlashsa, maqsadga erishish osonroq kechadi.

Xalqimizda qadimdan shifokorlar inson salomatligini asrashdek ezgu ishga butun borlig‘ini bag‘ishlagan fidoyi zotlar sifatida qadrlangan.  

Insonning dardiga malham bo‘lish, ko‘ngliga mehr-e’tibor “ko‘prigini” sola olish san’atlar ichida eng oliy san’atdir. Birinchi galda dilso‘zlik, kuyunchaklik, odamiylik xislatlarini oq libosi yanglig‘ o‘ziga hamroh bilgan jonga g‘amxo‘r shifokorning muolajasi, shirin so‘zi bilan birga kasallikka nisbatan qilingan to‘g‘ri harakatga ham bog‘liq. Axir, harakat so‘zdan ko‘ra balandroq gapiradi. Buni tibbiyotimizning necha ming yillik tajribasi ham tasdiqlaydi.

Tibbiyot xodimining bemor bilan madaniyatli muloqoti aynan davolash jarayoni asosi ekaniga ko‘p bor guvoh bo‘lganmiz. Shunday ekan, shifokorlik – ruh kasbi. U avvalo, vazifasiga ma’naviy kamolot nuqtai nazaridan yondashmog‘i davr talabi bo‘lib qolaveradi.

Bemorning ruhiy holati davolovchi shifokor va hamshira uchun qanchalik ahamiyatga molik bo‘lsa, bemor uchun ham shunchalik qimmatlidir. Bemor bilan muomalaga kirishishning ham o‘ziga yarasha shartlari bor, albatta. Shifokor xastalik bilan bog‘liq shaxsiy xususiyatlar, holatga ta’sir qiluvchi omillar, ijtimoiy sharoit, bemorning xulqi, saviyasi, dunyoqarashi, tashqi psixik belgilarni o‘rgangach, o‘zini ham ruhan tayyorlagach, unda mijoz bilan muloqot qilish uchun ma’naviy huquq paydo bo‘ladi.

Shu o‘rinda “Foydalanilmagan mehnat ta’tili” nomli badiiy filmdagi yosh shifokorning bemor qizcha bilan suhbatini eslaylik. Qizchaning yuragi xasta, uni operatsiya qilish shart. Yosh shifokor o‘zini quvnoq tutishga harakat qilib, bemor xonasiga kiradi va so‘raydi:

– Qizcha, ayt-chi, dadangni ko‘proq yaxshi ko‘rasanmi, onangnimi?

Qo‘g‘irchoq o‘ynab yotgan qizaloq devor tomonga keskin burilib oladi va birozdan so‘ng javob beradi:

– Hech qaysisini...

Hayron bo‘lgan shifokorga xonada ularning suhbatini kuzatib turgan ikkinchi shifokor deydi:

– Qizchaning otasi ham, onasi ham yo‘q. U bolalar uyidan.

Kutilmagan axborotni eshitgan yosh shifokor bemor qizcha oldida juda mulzam bo‘lib qoladi.

Bu lavhadan bemorning shaxsini jiddiy o‘rganib, keyin suhbatga kirishish naqadar muhimligi ayonlashadi.

Shifokor bemor bilan suhbatda unga baayni zarur gaplardan so‘zlamog‘i, aytar so‘zni aytib, tibbiy madaniyat darajasini hisobga olgan holda, aytmas so‘zdan qaytishi, shifokorlik siriga tayanib, ya’ni kasallikning noxush yakunini oshkor qilmasligi bemor amaliyoti uchun juda foydali. Zero, inson a’zolari ichida eng yengil harakat qiladigani va shu bilan birga eng zararlisi ham tildir. Nazarimda, shifokorlar aynan shu qoidadan boxabar sub’ekt bo‘lmog‘i kerak.

Ha, eng muhimi insonning pokiza yuragi va jamoli hisoblanmish shirin so‘zidir. Shirin kalom ta’sir qilgach, dilga joylashadi. Bundan shifokorlarimiz mahorati va malhami, nafaqat muolajasi, balki shifo istab kelgan bemorga eng tez ta’sir etuvchi “eliksir” – “ilk sir” bu – so‘z, degan hayotiy haqiqat anglashiladi. Ya’ni, shifokor bemor ko‘z o‘ngida, ma’lum ma’noda, kamchiliklardan holi, yuksak axloqli, ma’nili fikrlaydigan inson sifatida gavdalanadi.

Yengilmi, og‘irmi darddan xalos bo‘lib, uyga qaytgunga qadar soat, kun, hafta va ba’zan oylarni o‘ziga xos imtihonga qiyoslash mumkin. Bu bemor uchun ham, shifokor uchun ham haqiqiy hamdardlik, xushmuomalalik sinovi. Shunday kezlarda ruhi taskin topmog‘i uchun bemorga umid bag‘ishlab aytilgan so‘z,tasalli o‘rnida birgina dildan qilingan suhbat benihoya foydali.

Sinovli kunlar insonni sabrga, quvonchli kunlar esa shukurga undaydi...

Pandemiya sabab yurtimiz ham og‘ir kunlarni boshdan kechirdi. Virusga qarshi kurash va insonlar hayotini saqlab qolish mas’uliyati esa tabiiyki, shifokorlar gardaniga tushdi.  

Tibbiyotchilarimiz uy-joyini unutib, kecha-yu kunduz jonini xatarga qo‘yib ishladi. Bu ular tanlagan kasb shunchaki tasodif yo havas emas, balki hayot mazmuni, taqdir ekanini isbotladi.

Jang qurbonsiz bo‘lmaganidek, ko‘plab fidoyi yurtdoshlarimiz bemorlar sog‘lig‘i uchun o‘z hayotini xavfga qo‘yib, haqiqiy jangovorlik ko‘rsatib vafot etdi. Ular o‘z nomi, sha’ni, kasbiga haykal qo‘yib ketishdi... Marhumlar ilinji – tiriklar oqibatida ekan. Demak, tez-tez xotirlash ularning ruhini shod etadi. Barcha, o‘tganlarning oxirati obod bo‘lsin!

Shunday og‘ir kunlarda tinmay mehnat qilgan soha vakillari, qo‘li yengil shifokor-u hamshiralar, texnik xodimlar xalqimizga nechog‘li kerakligi, naqadar qadrliligi, kasbiga sodiqligi ularga nisbatan barchamizning muhabbatimizni yanada oshirdi.

Inson hech narsani oldindan bila olmaydi, faqat kelajakni shirin orzular ila o‘ylaydi. Hayot shunday burilishliki, o‘tmishga aylangan narsa qaytmaydi, aksincha, eng yoqimlilari yurakda qoladi, sovuq havoda isinish uchun kerak bo‘lgan iliqlik kabi...!

Ixtiyorimizda yaxshi va yomon hayotni tanlash imkoni bo‘lganda edi, hamma o‘zi uchun faqat va faqat go‘zal kunlardan iborat taqvim tuzib olardi...

Istagimiz, O‘zbekistonda yashayotgan har bir inson o‘z tanasining sergak tabibi bo‘lsin. Davolash emas, biror kasallikning oldini olish nuqtai nazaridan.

​Tibbiyot sohasida boshlangan yangi davr islohotlari o‘z samaralarini berajak, albatta. Egniga oq xalat kiygan fidoyi vatandoshlarimiz esa qutlug‘ kasbidan doimo e’zoz, baraka topaversin.

Shifokorlar borki, tanimiz sog‘, qaddimiz tetik, ruhimiz sog‘lom va ko‘nglimiz xotirjam!

Madina Zufarova,

“RENESSANS” ta’lim universiteti talabasi

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shifokorlar borki, tanimiz sog‘, qaddimiz tetik