Korrupsiya rivojlanishga to‘siq bo‘ladigan omillardan biridir. Shu yil 5 mart kuni o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida sohadagi ishlar sarhisob qilinib, korrupsiyaga qarshi kurashishda parlament, Milliy va hududiy kengashlar, fuqarolik jamiyati institutlarining roli oshirilishi ta’kidlangan edi.

Shundan kelib chiqib, aprel oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud huquq masalalari qo‘mitasi tomonidan sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati Toshkent va Qashqadaryo viloyatlari misolida nazorat-tahlil tartibida o‘rganildi.  

O‘rganish yakunlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligining “Tibbiyot sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi axboroti eshitildi.  

Eshituvda tizimda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ishlar bilan birga ayrim masalalar borligi aytildi. Xususan, vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi faoliyati yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagan. “Sirli mijoz”, “reyd” kabi tadbirlarning amalga oshirilmagani natijasida korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etilishi quyi tizimda maishiy korrupsiyaning avj olishiga sabab bo‘lmoqda. 2024 yil davomida vazirlik va uning quyi tizimlarida 514 ta korrupsiyaga oid jinoyatlar ro‘yxatga olingan.  

Shuningdek, raqamlashtirish orqali korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtirishga yetarlicha e’tibor qaratilmagan. Vazirlik tizimidagi o‘zaro integratsiya qilinishi lozim bo‘lgan 53 ta axborot tizimidan aksariyati qilinmagan, ishga qabul qilish shaffof emas.  

Deputatlar tomonidan Toshkent, Qashqadaryo, Andijon, Farg‘ona, Jizzax, Namangan, Sirdaryo viloyatlarida sog‘liqni saqlash sohasida ishga qabul qilish jarayoni o‘rganilganda, tanlov bosqichlari, jarayon aniq reglamentlashtirib berilmaganligi natijasida ishga qabul qilishda ko‘plab qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilayotgani aniqlangan.  

Kosonsoy, Piskent, Bog‘dod, Kitob tumanlari, Chirchiq, Qarshi, Shahrisabz shaharlari tibbiyot birlashmalarida ishga qabul qilish jarayoni o‘rganilganda o‘rta tibbiyot xodimlarini faqatgina tanlov asosida ishga olish belgilangan bo‘lsa-da, amalda ayrim holatlarda xodimlar ishga hatto, tanlovsiz olinayotgani aniqlandi.  

Eshituvda ayrim tibbiyot muassasalari tomonidan order berishda navbatga rioya qilmaslik, aholiga bepul dori vositalarini yetkazib berishdagi suiiste’molchiliklar, jarrohlik amaliyotini o‘tkazishda fuqarolardan mablag‘ so‘rash holatlari ko‘payib borayotgani qayd etildi.  

Qizg‘in muhokamalardan so‘ng Sog‘liqni saqlash vazirligiga korrupsiyaga qarshi kurashish borasida tizimli choralarni yo‘lga qo‘yish, “komplayens nazorat” bo‘linmalari faoliyatini tanqidiy ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar berildi.  

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiy xizmat: fuqarolardan pul so‘rash holatlari ko‘paymoqda