Tibbiy mavzuni yoritishda jurnalist mahorati
Shaxnoza Inomjonovna HAYTALIEVA magistr O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Toshkent, O‘zbekiston
Annotatsiya
Ushbu maqolada tibbiyotga ixtisoslashgan nashrlarda jurnalist mahorati, uning salomatlik mavzusini yoritishdagi tutgan o‘rni qay darajada ekanligi ochib berilgan. Unda sohadagi muammolar, ko‘zda tutilgan aspektlar va masalaning qay yo‘sinda bartaraf etish borasida qator takliflar ilgari surilgan.
Tayanch so‘zlar: tibbiyot jurnalistikasi, tibbiylashtirish, mahorat maktabi, ixtisoslashuv, ko‘nikma, maqsadga sodiqlik, gazeta tili, jurnalist mahorati.