The Times: NATO Rossiya qo‘shinini kuzatish uchun SIdan foydalanmoqda
NATO “Palantir Technologies” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Maven Smart System” (MSS NATO) sun’iy intellekt tizimidan Alyansning sharqiy qanotidagi vaziyatni kuzatish uchun foydalanishni boshlamoqda, deb xabar berdi “The Times” nashri.
Platforma sun’iy yo‘ldosh, dron yoki radar stansiyasidan olingan ma’lumotni birlashtirib, Rossiya qo‘shini harakati va amaliy vaziyatda ro‘y berayotgan o‘zgarishni tahlil qiladi. Tizim qo‘mondonlikni ehtimoliy tahdiddan erta ogohlantirishi ham mumkin.
Ta’kidlanishicha, SI RF bo‘linmalari qayta joylashishini tezkor ravishda aniqlay oladi. Shuningdek, qurolli mojaro yuzaga kelgan taqdirda razvedka tahlili va nishonni aniqlashda ham yordam beradi.
S.Rahimov, O‘zA