Sönggi yangiliklar
Noyabr 2026
| Y | D | S | CH | P | J | SH |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
| 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 |
| 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 |
| 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 |
| 29 | 30 | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 |
Tez tibbiy yordam stansiyasi yangi binoda

Navoiy viloyati Qiziltepa tuman tez tibbiy yordam stansiyasining yangi binosi qurilib, foydalanishga topshirildi.
Ikki qavatdan iborat mazkur bino “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida 1 milliard 396 million so‘m mablag‘ hisobidan barpo etildi.

Elektron avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimining uzluksiz ishlashi uchun stansiyada telekommunikatsiya infratuzilmasi to‘liq modernizatsiya qilinib, internet va aloqa tarmoqlari yangilandi, tarmoq uskunalari sozlandi. Avtotransport vositalari uchun esa alohida turargoh bunyod etildi.


Shuningdek, xonalar zamonaviy mebellar va kompyuter texnikalari bilan jihozlanib, tez tibbiy yordam brigadalari planshetlar bilan ta’minlandi.
A. Bo‘riyev, O‘zA
Muallif: abduvaliburiyev
https://uza.uz/posts/818368
Ulaşiş




