Tesla Germaniyada haydovçisiz taksi işlab çiqarişga 3 milliard yevro sarmoya kiritadi
Amerikaning "Tesla" kompaniyasi Germaniya Federativ Respublikasi Gryunxayd şahridagi korxonasini kengaytiriş uçun uç milliard yevro sarmoya kiritişni rejalaştirdi. Yangi quvvat "Cybercab" rusumli haydovçisiz taksi işlab çiqariş uçun möljallangan, deb xabar berdi "Bild" naşri.
Rejaga köra, Brandenburg federal yerida qöşimça korxona qurilişi 2027-yil birinçi yarmida boşlanadi. 2029-yilga borib, boşqaruvçisiz avtomobil işlab çiqarilişi kutilyapti.
Kelgusida korxona million donagaça robotaksi yaratiş imkoniga ega böladi. Investitsiya loyihasi yordamçi va qöşimça tozalaş inşootlari barpo etişni ham öz içiga olgan.
Faoliyatini kengaytiriş asnosida “Tesla” bir neça yuzlab mutaxassis izlaşga kirişdi. Kompaniya maʼlumotiga köra, sönggi oylarda xodimlar soni ikki ming kişiga köpaygan. Oktyabr oyida zavodda 12 600 ga yaqin xodim işlagan.
Avvalroq elektromobilga talab susayişi sabab, olmon korxonasini rivojlantiriş keçikkan edi. Endi tayyor maşina çiqarişni haftasiga 7500 donaga yetkaziş, akkumulyator batareyasi tayyorlaş quvvatini ham oşiriş közlanyapti.
Avvalroq “Tesla” 2027-yil “Cybertruck” işlab çiqarişni töxtatişi xabar qilingandi.
A.Mamatov, ÖzA