Özbekiston-Ömon: “yaşil” energetika sohasida yangi kelişuv imzolandi
Ikki davlat örtasidagi investitsiyaviy hamda iqtisodiy hamkorlik aloqalarini yangi bosqiçga olib çiqiş, özaro manfaatli loyihalarni amalga oşiriş böyiça saʼy-harakatlar energetika sohasida ham öz ifodasini topmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Ömon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidning ikki mamlakat örtasidagi hamkorlikni kengaytirişga qaratayotgan alohida eʼtibori natijasida mazkur yönalişda yangi taşabbuslar ilgari surilmoqda.
Şunday loyihalardan biri Farğona viloyatida 500 MVt quvvatli quyoş fotoelektr stansiyasini barpo etişdir. Mazkur loyihani birgalikda rivojlantiriş böyiça Özbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Ömonning “Voltamp Energy SAOG” kompaniyasi hamda mahalliy “UET Construction” kompaniyasi örtasida kelişuv (JDA) imzolandi.
Kelişuv doirasida loyihani birgalikda işlab çiqiş, uni amalga oşiriş uçun zarur tayyorgarlik işlarini olib boriş va investitsiyaviy jarayonlarni muvofiqlaştiriş nazarda tutilgan. Quriliş işlari uçun 350 million AQŞ dollari miqdorida töğridan-töğri xorijiy investitsiya jalb etiş rejalaştirilgan.
Yangi stansiya işga tuşirilişi natijasida yiliga 1 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi işlab çiqariş imkoniyati yaratiladi. Şuningdek, yiliga 250 million kub metr tabiiy gaz tejalişi kutilmoqda. Bu esa elektr energiyasi işlab çiqarişda muqobil manbalar uluşini oşiriş va tabiiy resurslardan samarali foydalanişga xizmat qiladi.
Ayni çoğda “Voltamp Energy SAOG” kompaniyasi mutaxassislari bölajak stansiya uçun belgilangan hududni örganiş, loyihaning texnik va moliyaviy jihatlarini işlab çiqiş bilan şuğullanmoqda. Tayyorgarlik jarayonlari qisqa muddatlarda yakunlanib, loyiha böyiça tijoriy taklif taqdim etilişi rejalaştirilgan.
Şu bilan birga, Ömon kompaniyasining Özbekistondagi faoliyati quyoş energetikasi loyihasi bilan çeklanib qolmaydi. Hamkorlik doirasida elektrotexnika sanoatida yangi işlab çiqariş quvvatlarini taşkil etişga qaratilgan kelişuvlarga ham erişildi.
Xususan, “Voltamp” kompaniyasi “Texnokabel Group” bilan hamkorlikda transformatorlar uçun maxsus ötkazgiçlar işlab çiqarişni yölga qöyişni rejalaştirmoqda. Şuningdek, “Nura Group” bilan Toşkent viloyatining Ohangaron tumanida yuqori kuçlanişli transformatorlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan yangi zavod quriş böyiça ham kelişuvga erişilgan.
Energetika vazirligi axborot xizmatining maʼlum qilişiça, uşbu taşabbuslar mamlakatimizda qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantiriş, energetika infratuzilmasini mustahkamlaş va elektrotexnika mahsulotlari işlab çiqarişni mahalliylaştiriş jarayonlarini jadallaştirişga qaratilgani bilan ahamiyatli.
Nasiba Ziyodullayeva,
ÖzA