Termizda nufuzli xalqaro ilmiy anjuman ötkaziladi
Prezidentimizning joriy yil 24-iyuldagi “Buyuk vatandoşimiz, hadis va tasavvuf ilmining yetuk namoyandasi Hakim Termiziy tavalludining 1200-yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi qaroriga muvofiq 20-noyabr kuni Surxondaryo viloyatidagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Hakim Termiziy ilmiy-maʼnaviy merosining bugungi kundagi ahamiyati” mavzusiga bağişlangan xalqaro ilmiy konferensiya bölib ötadi.
Ayni paytda Termiz şahrida yirik anjumanni yuksak saviyada ötkazişga puxta hozirlik körilmoqda.
Hakim Termiziy IX-X asrlarda yaşab, islom ilmlari va maʼnaviy tafakkur taraqqiyotida öz örniga ega bölgan buyuk mutafakkir. Ul zotning inson qalbi va ruhiyati, maʼrifat, axloq, nafs tarbiyasi, ilm va maʼnaviy kamolotga oid qaraşlari asrlar davomida öz ahamiyatini yöqotmay, insonlarni ezgu amallarga çorlab kelmoqda. Uluğ mutafakkirning “Xatm ul-avliyo”, “Adab un-nafs”, “Bayon ul-farq” singari köplab asarlarida ilgari surilgan ğoyalar bugungi kunda ham inson maʼnaviyatini yuksaltirib, jamiyatda ezgulik, bağrikenglik va maʼrifiy tafakkurni qaror toptirişda muhim ilmiy-maʼnaviy manba sanaladi.
Termiz şahrida buyuk alloma tavalludining 1200-yilligiga bağişlab ötkaziladigan konferensiyada 31 nafar xorijlik va 27 nafar mahalliy eng taniqli islomşunos, şarqşunos, tasavvufşunos olim va mutaxassislar, xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari, şuningdek, mamlakatimizdagi oliy taʼlim va ilmiy muassasalar olimlari iştirok etişi kutilmoqda.
Xalqaro anjumanda “Hakim Termiziy hayoti va ilmiy merosi”, “Hakim Termiziy va tasavvuf ilmi”, “Hakim Termiziyning hadis ilmi rivojida tutgan örni”, “Hakim Termiziy tasavvuf taʼlimotining umuminsoniy ahamiyati”, “Hakim Termiziy merosida axloq, maʼrifat va inson kamoloti”, ”Termiziy allomalar ilmiy merosi va ularning hozirgi kundagi ahamiyati”, ”Hakim Termiziy merosining zamonaviy tadqiqotlardagi talqini” kabi mavzularda qiziqarli maʼruzalar tinglanib, muhokama etilişi möljallangan.
Konferensiya buyuk vatandoşimiz Hakim Termiziy ilmiy-maʼnaviy merosini xalqaro miqyosda keng tarğib qiliş, uning asarlarini zamonaviy ilmiy yondaşuvlar asosida tadqiq etiş, xorijiy va mahalliy olimlar örtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirib, alloma ilgari surgan maʼrifat, maʼnaviy kamolot va insonparvarlik ğoyalarining bugungi kundagi ahamiyatini yanada kengroq oçib berişga xizmat qiladi.
Xalqaro anjuman doirasida noyob qölyozmalar, ilmiy naşrlar va zamonaviy tadqiqotlar körgazmasi ham taşkil etiladi.

Konferensiya qatnaşçilari Hakim Termiziy majmuasi va boşqa muqaddas qadamjolarni ziyorat qiladi.
Xolmömin Mamatrayimov,
ÖzA muxbiri