Farğona yoşlari NASA hakatonida öz loyihalarini taqdim etdi
Farğona şahridagi IT Park binosida «NASA International Space Apps Challenge – 2026» xalqaro hakatonining Özbekiston bosqiçi bölib ötdi.
«Özbekkosmos» agentligi tomonidan taşkil etilgan mazkur tanlov Toşkent va Qarşi şaharlari bilan bir qatorda Farğonada ham ötkazildi. AQŞning Aeronavtika va kosmik fazoni tadqiq etiş milliy boşqarmasi (NASA) taşabbusi bilan ötkazilgan hakaton yoşlarning ilmiy-texnik salohiyatini namoyon etiş, innovatsion ğoyalarini qöllab-quvvatlaşga xizmat qildi.
Ikki kun davom etgan tanlovda viloyatning şahar va tumanlaridan 30 ta jamoa tarkibida 120 nafar maktab öquvçisi, talaba va yoş mutaxassis iştirok etdi. Qatnaşçilar NASAning oçiq maʼlumotlari asosida Yer va kosmos bilan boğliq dolzarb muammolarga amaliy yeçimlar işlab çiqib, loyihalarini hakamlar hayʼatiga taqdim etdi.
«Kelajakning yangi sarhadlari» şiori ostida ötkazilgan hakatonda iştirokçilar NASA mutaxassislari taklif etgan 14 ta vazifadan biri böyiça izlaniş olib bordi. Jamoalar dasturlaş, maʼlumotlar tahlili va muhandislik sohalaridagi bilimlarini amaliyotda sinab, öz ğoyalarini loyiha şakliga keltirdi.
Tanlov yoşlarning ilmiy-texnik ijodkorligini rağbatlantiriş, muammolarga yangiça yondaşiş va jamoada işlaş könikmalarini rivojlantiriş imkonini berdi.
[gallery-32538]
Hakatonning eng yaxşi loyihalarini xalqaro bosqiçga taqdim etiş belgilangan. Xalqaro baholaş natijalari dekabr oyida eʼlon qilinib, jahon miqyosidagi ğoliblar aniqlanadi.
Muqimjon QODIROV (surat), ÖzA