Surxondaryo viloyatidagi yetakchi oliy talim muassasasi Termiz davlat universitetida ham magistratura imtihonlari boshlandi.

Mamlakatimizda keyingi yillarda oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar yoshlarning magistraturada o‘qishga qiziqish va intilishini  kuchaytirdi. Bu intilish turli sohalarda ilmiy ko‘nikmalarga ega malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni taminlashga xizmat qilmoqda. Shuningdek, ta’lim va ilm-fan sohasiga yaratilayotgan imkoniyatlar, olimlarga bo‘lgan yuksak e’tibor ham  ilmiy-tadqiqot olib boruvchi yoshlar safining kengayishida muhim omil bo‘lmoqda.

Yangi o‘quv yili uchun Termiz davlat universitetida 29 ta mutaxassislik bo‘yicha 185 ta o‘rin uchun  2 ming 275 ariza qabul qilingan. Bu o‘tgan yillarga nisbatan ancha yuqori ko‘rsatkichdir.  

Mazkur oliy talim muassasasida ham magistratura imtihonlariga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rildi. Qabul jarayonlari bilan bog‘liq yangiliklar, zarur ma’lumotlar universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari hamda ommaviy axborot vositalarida muntazam berib borildi. Har bir mutaxassislik bo‘yicha fan dasturlari ham universitet sayti va telegramm kanaliga joylashtirildi. Abituriyentlarning barcha savollariga javob beradigan Call Centre faoliyati  yo‘lga qo‘yildi. Mutaxassisliklar bo‘yicha imtihon o‘tkaziladigan kunlar rasmiy sahifalarda e’lon qilinib, universitetning tashqi qismida ham katta bannerlarda aks ettirildi.

Imtihon jarayonlarining ochiq, adolatli va shaffof o‘tishi uchun barcha sharoit yaratildi. Imtihonlarni ommaviy axborot vositalari xodimlari, bloger, deputat, keng jamoatchilik vakillari va ota-onalar kuzatib borish imkoniyatiga ega. Barcha jarayonlar “imtihon.edu.uz” platformasi orqali onlayn translatsiya qilindi. Imtihon o‘tkazilayotgan pavilon to‘liq zamonaviy kuzatuv kamera va kompterlar bilan jihozlandi. Abituriyentlar karantin qoidalariga amal qilingan holda 4 smenada imtihonga kiritildi. Har bir abituriyentning shaxsi maxsus qurilmalar orqali tekshirilib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Dastlabki kunda 16 ta mutaxassislik bo‘yicha 780 abituriyent  imtihonlarda ishtirok etdi. Sinovlar joriy yilning 16 avgust kuni yakunlanadi.    

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV (O‘zA)

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Termizda bo‘lajak magistrlar imtihon topshirmoqda