Termiz shahrini «Amir Temur» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniMustaqillik yillarida shahar ahlining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy sohalarda erishgan muvaffaqiyatlari, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, millatlararo do‘stlik va hamjihatlik munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi, xalqimizning tarixiy va ma’naviy merosini asrab-avaylash, yoshlarimizni ulug‘ ajdodlarimizga xos ezgu qadriyatlar, mardlik va jasorat, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi katta xizmatlari uchun hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 23-yilligi munosabati bilan Termiz shahri «Amir Temur» ordeni bilan mukofotlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2014-yil 22-avgust