Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida bitiruvchilarga diplomlar topshirildi
FOTOREPORTAJ
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida 2025/2026 o‘quv yili bitiruvchilariga diplom topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, jamoatchilik vakillari, ish beruvchilar, bitiruvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Joriy o‘quv yilida universitetni 2 ming 142 nafar talaba muvaffaqiyatli tamomladi. Shundan 2 ming 93 nafari bakalavr, 49 nafari esa magistratura bosqichi bitiruvchisidir. Marosimda energetika, muhandislik, qurilish, iqtisodiyot, veterinariya va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida tahsil olgan 2 ming 200 nafardan ortiq yoshlarga mutaxassislik diplomlari tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir davomida universitet rahbariyati va faxriy mehmonlar bitiruvchilarni muborakbod etib, ularga kelgusi mehnat faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi. Yosh mutaxassislarning mamlakat taraqqiyoti yo‘lida o‘z bilim va salohiyati bilan munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirildi.
[gallery-30460]
Marosimda magistrlik hamda imtiyozli diplomlar sohiblariga hujjatlar topshirildi. Shuningdek, farzandlarining ta’lim olishida yaqindan ko‘maklashgan ota-onalarga universitet rahbariyati nomidan tashakkurnomalar taqdim etildi.
Tantanali tadbir «Bitiruv oqshomi» gala-konserti bilan davom etib, taniqli san’atkorlar va universitetning iqtidorli talabalari ishtirokidagi konsert dasturi ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA