Andijon davlat universitetida bitiruvchilarga diplomlar tantanali topshirildi
FOTOREPORTAJ
Andijon davlat universitetida 2025/2026 o‘quv yilini muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, bitiruvchilar hamda ularning ota-onalari va yaqinlari ishtirok etdi.
Marosimni universitet rektori, professor B. Akbaraliyev ochib, bitiruvchilarni hayotlaridagi muhim bosqichni muvaffaqiyatli yakunlagani bilan tabrikladi. U yoshlarga kelgusi faoliyatida egallagan bilim va ko‘nikmalarini amalda qo‘llab, mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishlarini tiladi.
[gallery-30489]
Ta’kidlanganidek, joriy yilda universitetni jami 2805 nafar talaba bitirdi. Shundan 2599 nafari bakalavriat, 206 nafari magistratura bosqichi bitiruvchilaridir.
Tadbir davomida o‘qishda yuqori natijalarga erishgan, bakalavriat va magistratura bosqichlarini imtiyozli diplom bilan tamomlagan bitiruvchilar taqdirlandi hamda ularga diplomlar tantanali ravishda topshirildi.
Marosimning badiiy qismida san’atkorlar va iqtidorli yoshlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi. Bitiruvchilar, ustozlar va ota-onalar ishtirokida olingan esdalik suratlari ushbu quvonchli kunning yorqin lavhalariga aylandi.
Zuhriddin UMURZOQOV(surat),O‘zA