Terminologik lug‘atlarning ontologiya bilan umumiy va farqli jihatlari
Laziza Axtamovna BOBOXO‘JAYEVA magistrant O‘zbekiston Milliy universiteti Toshkent, O‘zbekiston laziakhtamovna23@gmail.com
Annotatsiya
Ushbu maqolada zamonaviy tilshunoslik va kompyuter lingvistikasining dolzarb masalasi – terminologik lug‘atlar va ontologiyalar o‘rtasidagi farqli va o‘xshash jihatlar tahlil qilingan. Tadqiqotda terminologik resurslarning tilga (normativlikka), ontologiyalarning esa bilim tizimiga (mantiqiy iyerarxiyaga) yo‘naltirilganligi asoslab berilgan. Shuningdek, ontologik modellashtirishning avtomatik xulosa chiqarish (reasoning) va semantik qidiruvdagi afzalliklari ko‘rsatib o‘tilgan. Terminologik lug‘atlarni ontologiya yaratish uchun asosiy manba, ontologiyani esa bilimlarni tizimlashtirishning oliy bosqichi sifatida baholash mumkinligi ko‘rsatilgan.
Tayanch so‘zlar: terminologiya, ontologiya, terminografiya, konseptual iyerarxiya, boshqariladigan terminlar, avtomatik xulosa chiqarish (reasoning), semantik qidiruv, bilimlarni modellashtirish.