Tergovçi aybsizlik prezumpsiyasiga qatʼiy rioya etişi, dalillarga xolis baho berişi şart
Özbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qiliş akademiyasida «Zamonaviy tergovçiga qöyiladigan talablar: kasbiy intellekt va maʼnaviy-axloqiy fazilatlar» mavzusida tadbir taşkil etildi.
Davlatimiz rahbarining 2022-yil 28-noyabrdagi «Jinoyatlarni tergov qiliş sohasida malakali kadrlarni tayyorlaşning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etiş töğrisida»gi farmonida jinoyatlarni tergov qiliş sohasi uçun kadrlar tayyorlaşni amaliyot bilan uzviy boğlaş nazarda tutilgan.
Farmon ijrosi doirasida Akademiyada huquqni muhofaza qiliş organlari bilan samarali hamkorlik yölga qöyilgan. Ayniqsa, Boş prokuratura rahbariyati bilan ötkazilayotgan uçraşuvlar bölajak tergovçilarga kasb talablarini bevosita muhokama qiliş va dunyoqaraşini kengaytiriş imkonini bermoqda.
Boş prokurorning birinçi örinbosari Bahriddin Valiyev bilan muloqotda tergovçining kasbiy masʼuliyati, qonuniylik va adolat tamoyillariga rioya etiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

B.Valiyev tergovçi jamiyat va davlat hayotida muhim örin tutişini taʼkidladi. Şu bois, uning kasbiy masʼuliyati juda yuqori hamda murakkab vaziyatlarda qonuniy va asoslantirilgan qarorlar qabul qilişda yetarli bilim va tajribaga ega bölişi zarur.
Tadbirda qonun ustuvorligini taʼminlaş, inson huquq va erkinliklarini himoya qiliş hamda jinoyatlarni tergov qiliş samaradorligini oşirişga qaratilgan islohotlarning ahamiyatiga jiddiy eʼtibor qaratildi. Jinoyat sodir etiş usullarining murakkablaşuvi va raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanişi tergovçilar oldiga yangi vazifalarni qöymoqda. Bunday şaroitda tergovçi çuqur huquqiy bilim va puxta amaliy tayyorgarlikka ega bölişi lozim. U mustaqil, tahliliy va tanqidiy fikrlay olişi, dalillarni har tomonlama baholaşi, raqamli axborot bilan işlaşi hamda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanişi kerak.

Zotan, har bir protsessual qaror inson taqdiriga, uning huquq va erkinliklariga taʼsir qiladi. Şu sababli qonuniylikni taʼminlaş, aybsizlik prezumpsiyasiga qatʼiy rioya etiş, dalillarga xolis baho beriş va tergovga noqonuniy taʼsir ötkazilişiga yöl qöymaslik kabi kasbiy faoliyatning ustuvor talablariga oğişmay rioya etiş şart.
Akademiya rahbariyati, Boş prokuraturaning sohaviy boşqarmalari boşliqlari, Akademiyaning tarkibiy tuzilmalari rahbarlari hamda talabalar iştirok etgan tadbirda talabalarga kelgusidagi xizmatga tayyorgarlik, kasbiy bilimlarni muntazam oşirib boriş, nazariy bilimlarni amaliyotda qöllaş hamda zamonaviy tergov usullarini egallaş masalalari böyiça tavsiyalar berildi.
N.Abduraimova,
ÖzA