Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tashkent Challenger – 2016”: Denis Istomin finalga yo‘llanma oldi

Tajribali tennischimiz Denis Istomin “Tashkent Challenger – 2016” an’anaviy xalqaro turnirining yakkalik va juftlik bahslarida final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Tajribali tennischimiz Denis Istomin “Tashkent Challenger – 2016” an’anaviy xalqaro turnirining yakkalik va juftlik bahslarida final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Yakkaliklar o‘rtasidagi yarim final bahsida Denis Istomin slovakiyalik Lukash Latskoni 6:4, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Endi tennischimiz bosh sovrin uchun kechadigan bahsda rossiyalik Konstantin Kravchuk bilan raqobatlashadi.

D.Istomin juftlik bahslarida ham muvaffaqiyatli qatnashmoqda. U rossiyalik Mixail Yelgin bilan hamkorlikda yarim finalda belaruslik Aleksandr Buriy va shvetsiyalik Andreas Silestryom juftligini 3:6, 6:4, 10:8 hisobida yengdi. Endi Denis va Mixail juftligi finalda germaniyalik Andre Begemann va hindistonlik Leander Payes bilan bahslashadi.