Şaxmat: Osiyo kubogining bugungi bahsida yigitlarimiz Nepal, qizlarimiz Hindiston bilan bellaşadi
Birlaşgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi şahrida davom etayotgan şaxmat böyiça Osiyo millatlar kubogida Özbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari navbatdagi tur öyinlarini ötkazdi.
Bir kun muqaddam 5-turda Şri-Lankani 3,5:0,5 hisobida mağlub etgan Özbekiston erkaklar terma jamoasi aʼzolari keça ötgan 6-tur bahsida Qozoğiston jamoasi bilan bahs olib bordi va 1,5:2,5 körinişida imkoniyatni boy berdi.

Afruza Hamdamova, Umida Omonova, Gulruhbegim Tohirjonova, Nilufarxon Imomqöziyevadan taşkil topgan şaxmatçi qizlarimiz qitʼa kubogining keça yakunlangan 4-tur musobaqasida dunyoning eng kuçli ayollar jamoasi hisoblangan Xitoy vakillari bilan 2:2 hisobidagi durangga erişdi.

Uşbu natijadan keyin şaxmatçi qizlarimiz 5 oçko bilan 3-öringa kötarildi.
Bugun, 15-noyabr kuni ötadigan 7-turda Özbekiston erkaklar terma jamoasi Nepal bilan, ayollar jamoasi esa 5-turda Hindiston bilan bahs olib boradi.
T.Röziyev,
ÖzA