Temuriylar davri renessansi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Temuriylar davri renessansi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Amir Temur va Temuriylar davrining boy tarixiy merosini chuqur o‘rganish, uning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rnini keng targ‘ib etish, yoshlar ongida milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik va tarixiy xotiraga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.


Unda Amir Temur shaxsining nafaqat Markaziy Osiyo, balki jahon tarixidagi beqiyos o‘rni, uning davlat boshqaruvi, adolat va tartib-intizomga asoslangan siyosati bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini saqlab qolayotgani qayd etildi.
Shuningdek, tadbir davomida ilmiy-amaliy yo‘nalishdagi ma’ruzalar tinglandi. Tadbir doirasida iqtidorli talaba-yoshlar tomonidan erishilgan yutuqlar ham e’tirof etilib, turli tanlov va loyihalar g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi.


Badiiy qismda talabalar tomonidan “Sohibqironim” nomli she’riy kompozitsiya ijro etildi. Shuningdek, Amir Temur hamda To‘xtamishxon o‘rtasidagi tarixiy voqealar asosida sahnalashtirilgan teatrlashtirilgan chiqish namoyish etildi.
Mazkur sahna ko‘rinishi orqali tarixiy voqealar jonli tasvirda yoritilib, tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA