Germaniyada davom etayotgan XXXII Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarining uchinchi kunida hamyurtimiz Taxmina Ikromova yakkalik bahslarida o‘z ishtirokini muvaffaqiyatli boshladi.

Taxmina musobaqaning halqada mashq bajarish bo‘yicha o‘tgan bellashuvlarda 29.850 ball to‘plab oltin medaliga sazovor bo‘ldi. Musobaqaning kumush medali germaniyalik Anastasiya Simakovaga nasib etgan bo‘lsa, vengriyalik Fanni Pignitskiga bronza medal bilan taqdirlandi. Endi T.Ikromiova to‘pda, bulavada va tasmada mashq bajarish bo‘yicha final bosqichida medallar uchun kuch sinashadi.

Darvoqe, ayni damda XXXII Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarining taekvondo WT, tennis va suzish bahslarida delegatsiyamiz a’zolari raqobatlashmoqda.

Javohir Toshxo‘ajev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Taxmina Ikromova “Universiada-2025” chempioniga aylandi