Toshkent shahrida Bojxona brokerlari uyushmasining 15 yilligi munosabati bilan “Bilim va tajriba almashish savdo tartib-taomillarini soddalashtirish vositasi sifatida” mavzusida xaqlaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari, bojxona brokerlari, davlat sektori vakillari, transport va logistika kompaniyalari mutaxassislari ishtirok etdi.

Davra suhbatida Bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari N.Musamuhamedov bojxona sohasini raqamlashtirish orqali bojxona tartibotlarida samaradorlikni oshirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil so‘z yuritdi.

Shuningdek, qo‘mitaning tegishli mas’ul boshqarmalari vakillari so‘z olib, bojxona hududida qayta ishlash rejimining afzalliklari, tovarlarning kelib chiqishi sertifikatlarini berish tartibini raqamlashtirish, vakolatli iqtisodiy operatorlar uchun mavjud soddalashtirishlarni kengaytirish, bojxona brokerligi sohasida qonunchilikni takomillashtirish kabi muhim yo‘nalishlar yuzasidan batafsil axborotlarni taqdim qildi.

Davra suhbatida Transkaspiy yo‘lagi orqali tashqi savdo yuklarini tashishda Ozarbayjonning logistika imkoniyatlari hamda MDH davlatlarida TIF TN bo‘yicha tasniflashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli holatlar ham alohida ko‘rib chiqildi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tashqi savdo yuklarini tashishda MDH davlatlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli holatlar ko‘rib chiqildi