Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbe shahrida MDHga a’zo davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlari kengashining 81-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi raisi A.Mavlonov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi. 

Yig‘ilishda Kengash faoliyatiga doir hisobot va 2026 yil uchun Chora-tadbirlar rejasi muhokama qilindi. Kun tartibida 16 ta amaliy va tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlash joizki, ko‘rib chiqilgan asosiy masalalardan ikkitasi bevosita O‘zbekiston tashabbusi bilan kiritilganini inobatga olsak, Bojxona qo‘mitasining Kengashdagi ishtiroki va roli tobora oshib bormoqda.

Mazkur masalalar xalqaro yuk tashish uchun vaqtinchalik olib kirilgan konteynerlarga nisbatan bojxona nazoratini tashkil etish hamda MDH davlatlari bojxona hududlari orqali tranzit tarzida o‘tayotgan tovarlar va transport vositalari haqidagi o‘zaro ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi. 

Bundan tashqari 81-uchrashuvda gibrid avtomobillar, mebel uchun gazli tayanchlar, quyosh panellarini yo‘naltirish va harakatlantirish uchun avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, ko‘p tarifli hisoblagichlarni tasniflash hamda ularning bojxona nazorati yuzasidan o‘zaro fikr va tajribalar almashildi.

Dushanbe uchrashuvining amaliy natijalaridan biri shuki, tomonlar MDHga a’zo davlatlar bojxona xizmatlarining bojxona maqsadlari uchun Ekspertiza va tadqiqotlar markazi to‘g‘risidagi Bitimni imzolashdi.

Yig‘ilish doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi bojxona xizmati rahbarlari Vakolatli iqtisodiy operatorlar bo‘yicha o‘zaro axborot almashishning Texnik шартларини imzolashdi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida “To‘siqsiz tranzit” sinov loyihasini amalga oshirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi” ham imzolandi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MDHga a’zo davlatlar bojxona xizmati rahbarlari uchrashdi