Buxoro viloyati Olot tumanida “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida fuqarolar tomonidan 2023 yil davomida ilgari surilgan va eng ko‘p ovoz to‘plagan yigirmaga yaqin taklif g‘olib deb topilgan edi. Bu borada loyihalarni amalga oshirishning summasi birinchi yarim yillikda 9 milliard 487 million 740 ming so‘mni tashkil etgan.

Mazkur sa’y- harakat natijasida olis hududda aholi o‘rtasida parazit kasalliklari, turli yo‘llar bilan kelib chiqadigan gijja kasalliklari 2-10 yoshli bolalar o‘rtasida keng tarqalganini inobatga olgan holda Olot tumani davlat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan yana bir tashabbus ro‘yobga chiqarildi. Parazit kasalliklarini o‘z vaqtida aniqlash va oldini olish maqsadida 2023 yilda “Openbudjet.uz” platformasi, ya’ni tashabbusli byudjet loyihasi asosida umumiy qiymati 1 milliard 200 million so‘mni tashkil etadigan loyiha 5 ming 567 ta ovoz yig‘ib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi.

Viloyat hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” DUKning buyurtmasiga asosan pudratchi sub’ekt “JO‘YNAV CITY SAVDO BARAKA” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan mazkur tibbiy laboratoriya binosi qisqa muddatda qurib bitkazildi.

Parazitologiya laboratoriyasining ochilish marosimida tuman hokimligi, tibbiyot birlashmasi, davlat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mas’ullari, mahalla faollari hozir bo‘ldi.

Tadbirda bu loyihaning afzal taraflari jamoatchilikka tushuntirib o‘tildi. Bunda parazitlar turiga kiruvchi turli kasalliklarning kelib chiqishi shaxsiy gigiyena tartib-qoidalari buzilishi, bolalar aksariyat holda bunga rioya etmasliklari natijasida shunday noxushliklar kelib chiqayotgani, endilikda bu kasallikni aholi va bolajonlarda erta aniqlash, o‘z vaqtida davolashga kirishish imkoniyati yaratilganligi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, ushbu laboratoriyada bezgak kasalliklarini o‘z vaqtida laborator aniqlash, tashxislash va oldini olish imkoniyati mavjud. Aniqroq aytganda, nafaqat viloyat, balki respublikamizning janubiy chegara maskanlaridan biri bo‘lgan tumanda endilikda chet elga qatnovchi yoki bezgak kasalligi bo‘yicha xavfli bo‘lgan mamlakatlarga borib kelayotgan aholini shu yerning o‘zida laborator tashxislash yo‘li orqali xulosa olish imkoniyati yaratiladi.

Parazitologiya bo‘limi ochilishida uni barpo qilishda jonbozlik ko‘rsatgan quruvchilarga minnatdorlik bildirildi. Tadbirda yig‘ilganlar bo‘limda yaratilgan shart-sharoit bilan yaqindan tanishdi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tashabbusli byudjet”: parazitologiya laboratoriyasi ishga tushdi