Andijon viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tomonidan “Tashabbusli byudjet” loyihasining joriy yil 1-bosqichida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani va press-tur tashkil etildi.

Tadbirda ommaviy axborot vositalari, davlat, nodavlat tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari, blogerlar hamda Andijon viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi mutasaddi va mutaxassislari ishtirok etdi.   

Matbuot anjumanida Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda o‘tkazilib kelinayotgan “Tashabbusli byudjet” loyihasi jarayonlari, mazkur loyihaning jamiyatimizdagi mavjud muammolarni hal etishdagi ahamiyati, aholi turmush farovonligini yuksaltirish, fuqarolarning jamiyat hayotida faol ishtiroki va daxldorlik hissini oshirishdagi o‘rni haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi.   

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 17 noyabrdagi “Qurilish loyihalarini amalga oshirishda nazorat mexanizmlarini takomillashtirish, jarayonning ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, shuningdek, 2023 yil 10 apreldagi “Tashabbusli byudjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosi doirasida qator amaliy ishlar olib borilayotganligi qayd etildi.   

Anjumanda Andijon viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Sarvarbek Mittilayev, Andijon yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi bosh muhandisi Diyorbek Madrahimov, Transport nazorati inspeksiyasi Andijon viloyati hududiy bo‘limi rahbari Doniyorbek Qo‘ldoshev va boshqa mutasaddilar tomonidan “Tashabbusli byudjet” loyihasining joriy yil 1-bosqichida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.   

– Ayni kunda viloyatdagi mavjud 11 ming 758 kilometr ichki yo‘llarning 287 kilometri sement-beton qoplamali, 5 ming 697 kilometri asfalt qoplamali, 5 ming 619 kilometri shag‘al, 155 kilometri tuproqli yo‘llar hisoblanadi, – deydi Andijon viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Sarvarbek Mittilayev. – Ichki yo‘llar holatini yaxshilash, xususan, “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida yo‘llarni asfaltlash bilan bog‘liq ishlar o‘z vaqtida, sifatli amalga oshirilmoqda.   

Viloyatda 2024 yil 1-mavsum “Tashabbusli byudjet” dasturi doirasida “Ochiq byudjet” axborot portalida o‘tkazilgan “Tashabbusli byudjet” tanlovida 2007 ta loyiha ishtirok etgan. Ovoz yig‘ish jarayonida eng ko‘p ovoz yiqqan 205 ta loyiha g‘olib deb topilgan. Ana shu loyihalardan 63 tasi ichki yo‘llarni ta’mirlash bilan bog‘liq loyihalar bo‘lib, ularga 82,2 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.   

Tuman va shaharlardagi 58 ta mahalladagi 63 ta ko‘chani asfaltlash bo‘yicha tender savdolarida g‘olib bo‘lgan 10 ta loyiha tashkiloti tomonidan tegishli hujjatlar ishlab chiqilib, ekspertizadan o‘tkazildi.   

Ekspertizaning ijobiy xulosalariga ko‘ra, 63 ob’ekt bo‘yicha umumiy qiymati 79,4 milliard so‘mga teng loyihalar doirasida 221,2 kilometr ichki yo‘llar ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.   

Ta’mirlangan yo‘llarning sifati mutasaddi tashkilotlar mutaxassislari hamda jamoatchilik guruhlari tomonidan nazoratdan o‘tkazildi. Hududlardagi 58 ta mahallada joylashgan 63 ta ob’ekt Transport nazorat inspeksiyasining “Yo‘l sifat nazorati” tizimi ro‘yxatiga olindi.   

[gallery-19929]

Anjumanda “Tashabbusli byudjet” dasturi doirasidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari tizimli ravishda, belgilangan reja va muddatlarda amalga oshirilganligi qayd etildi.   

Matbuot anjumani ishtirokchilari mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutasaddi va mutaxassislardan batafsil javob oldi.   

Shundan so‘ng press-tur tashkil etilib, ishtirokchilar Andijon tumanidagi Islomobod mahallasi ko‘chalarida “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlari bilan tanishdi.    

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tashabbusli byudjet”: jurnalistlar loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi