Tadbir mehmoni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Otaboyev o‘z san’ati orqali tadbir ishtirokchilariga o‘zgacha ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

«Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinganligiga 29 yil to‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabrdagi navbatdan tashqari VII sessiyasida tasdiqlangan Davlat bayrog‘i - mamlakat davlat suverenitetining ramzi hisoblanib, u yer yuzida mustaqil O‘zbekiston davlati borligini anglatadi va o‘zida milliy-madaniy an’analarimizni mujassamlashtiradi.

Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olib qaramaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lgan, yurt bayrog‘ini muqaddas bilib, uni ko‘z qorachig‘idek asraganlar. Mustaqil bayrog‘imiz hilpirashida xalqimizning buguni, o‘lmas xotirasi, iymon-e’tiqodi, kelajakka bo‘lgan komil ishonchi jilolanadi.

Milliy bayrog‘imizning davlat idora va muassasalari, o‘quv yurtlari, O‘zbekiston a’zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlar, chet ellardagi elchixona va doimiy vakolatxonalarimiz peshtoqida hilpirab turishi, turli bayram va tantanalarda, mamlakatimiz vakillari qatnashayotgan xalqaro miqyosdagi siyosiy, madaniy-ma’rifiy tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida yuksaklarda hilpirab turishi barchamizga iftixor baxsh etadi.

Bayroq vatanimizning sha’ni, xalqimizning g‘ururini yorqin aks ettiradi. Dunyoning qaysi nuqtasida bo‘lmaylik, bayrog‘imiz timsolida O‘zbekiston degan himoyachimiz, suyanchig‘imiz borligini his qilamiz.

Vatanimiz bayrog‘iga bo‘lgan hurmat va ehtirom uning sarhadlaridan boshlanadi. Vatan himoyachilari, ayniqsa yoshlar qalbida Vatan tuyg‘usini yanada kuchliroq jo‘sh urishini kuchaytirish, bayrog‘imizga bo‘lgan, g‘urur va iftixorni, Vatanimiz va xalqimizga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbatni oshirish maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi DXX chegara qo‘shinlari bilan hamkorlikda “O‘tmishi buyukdir, ertasi porloq, ulug‘ yurt boshida hilpirar bayroq!” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Samimiy muloqot davomida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi DXX chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari ishtirok etdi.  

Bayram tadbirini O‘zbekiston Milliy akademik teatri aktyori Diyorbek Sa’dullayev olib bordi. DXX chegara qo‘shinlari tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Isakov Sobirjon Qodirovich kirish so‘zi bilan ochib berdi.  

Tadbir mehmoni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Otaboyev o‘z san’ati orqali tadbir ishtirokchilariga o‘zgacha ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. O‘zbekiston Qurolli Kuchlar ashula va raqs ansambli xonandasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, podpolkovnik Marat Hakimov, shuningdek, el suygan san’atkorlar tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar, milliy raqslar davraga bayramona kayfiyat bag‘ishladi. Tadbir bir biridan go‘zal kuy-qo‘shiqlarga ulanib ketdi.

Darhaqiqat, bayrog‘imizning balandligi yurtimizning obro‘-nufuzi yuksakligidan dalolatdir. Vatanimiz bayrog‘i ham bizni ulug‘ maqsadlar tomon boshlaydi. Shunday ekan, sarbaland qaddimiz va qadrimiz timsolini hamisha e’zozlaylik va boshimiz uzra baland ko‘taraylik!

Hilola Ibrohimova,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tarixining qaysi davriga qaramaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat timsoli bo‘lgan