Taraqqiyot uzluksiz zanjir, uning har bir halqasi mustahkam va ravon işlaşi muhim
Har qanday islohot yoki özgarişning mazmun-mohiyati oddiy bir haqiqatga – inson qadriga borib taqaladi. Prezidentimiz tomonidan şu yilning 10-noyabr kuni qabul qilingan yangi farmon bilan ham aynan har bir fuqaroning hayotini yaxşilaş, soğliğini asraş va ertangi kunga bölgan işonçini mustahkamlaşga qaratilgan keng qamrovli milliy dasturlar hayotga tatbiq etilayotir.
Bugun har bir sohada kuzatilayotgan özgarişlar ortida çuqur strategik yondaşuv va ertangi kunga bölgan mustahkam işonç mujassam. “Inson qadrini yuksaltirişga qaratilgan milliy dasturlarni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonda ham taʼlimdan tortib tibbiyotgaça, sud-huquq tizimidan to mahalla institutigaça bölgan barça sohalar özaro uzviy boğliq holda qamrab olingani bejiz emas. Zero, taraqqiyot uzluksiz zanjir bölib, uning har bir halqasi mustahkam va ravon işlaşi talab etiladi.
Ayniqsa, taʼlim sohasida belgilangan vazifalar mamlakat kelajagini belgilab beruvçi eng muhim poydevordir. Har qanday davlatning kuç-qudrati uning bilimli, zamonaviy fikrlaydigan farzandlari bilan ölçanadi. Şu bois, bilim va malakani taraqqiyotning asosiy kapitaliga aylantiriş ustuvor vazifa etib belgilangani zamirida katta maʼno bor. Bu borada 6 yoşli bolalarni maktabga tayyorlov guruhlari bilan töliq qamrab oliş, nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotlarini qöllab-quvvatlaş orqali raqobat muhitini yaratiş közda tutilgan. Şuningdek, barça umumtaʼlim maktablarini bosqiçma-bosqiç xalqaro baholaş dasturlariga olib çiqiş, kamida 10 ta oliy taʼlim muassasasini nufuzli xalqaro reytinglarning TOP-1000 taligiga kiritiş hamda 10 million nafar yoşni raqamli industriya va kelajak kasblariga yönaltiriş – bularning har biri ertangi kunimizning işonçli kafolati.
– Taʼlim sohasida qöyilayotgan talablar zamon bilan uyğunlaşmoqda, – deydi Toşkent şahar Yaşnobod tumani 204-sonli umumtaʼlim maktabi maslahatçisi Şohista Jovliyeva. – Bugungi yoşlar faqatgina zamonaviy bilim oliş bilan çeklanib qolmasdan, amaliy könikmalarga ega bölişi, raqobatbardoş mutaxassis bölib yetişişi zarur.
Darhaqiqat, taʼlim insonning ongu tafakkurini yuksaltirsa, inson baxti va farovonligining yana bir muhim şarti bu, şubhasiz, soğliqdir. Azal-azaldan «Tani soğning – ruhi soğ», deganlar. Hayotning çinakam lazzati, borliqning gözalligi va har bir kunning qadri aynan mustahkam salomatlik bilan ölçanadi. Salomatlik – inson ega bölişi mumkin bölgan eng uluğ neʼmat, butun faollik va ijodning boş manbai. Şu maʼnoda, aholining soğlom va uzoq umr körişini taʼminlaş borasidagi saʼy-harakatlarning yangi bosqiçga kötarilayotgani benihoyat quvonarli. Bu borada aholi salomatligi bilan boğliq davlat xarajatlarini yalpi içki mahsulotga nisbatan 5 foizga yetkaziş kabi marralar belgilangani davlatimizning inson manfaatlarini har narsadan ustun qöyişining yaqqol isbotidir. Şu bilan birga, tibbiyotni davolaşga emas, balki kasalliklarning oldini olişga, yaʼni profilaktikaga asoslangan salomatlikni asraş modeliga ötkaziş, şuningdek, ixtisoslaştirilgan yordam kölamini kengaytiriş uçun dunyoning kamida 5 ta nufuzli klinikasini jalb qiliş sohadagi sifat özgarişlarini taʼminlaydi.
– Kasallikni davolagandan köra, uning oldini oliş har doim samarali va xarajati kamroq böladi, – deydi preventativ şifokor Bekzod Odilov. – Prezident farmonida belgilangan vazifalar, xususan, tibbiyotni davolaşdan köra profilaktikaga yönaltiriş ayni biz şifokorlarning dilimizdagi gap. Şuningdek, davlat xarajatlarining oşirilişi va dunyoning nufuzli klinikalari tajribasining joriy etilişi tibbiy xizmat sifatini tubdan yaxşilab, xalqimizning uzoq umr körişini taʼminlaşga xizmat qiladi.
Biroq soğlom va bilimli jamiyatni quriş uçun eng avvalo, qonun ustuvorligi va adolat qaror topgan muhit kerak. Jamiyatda haqiqiy osoyiştalik va xotirjamlik hukm surmas ekan, heç qanday iqtisodiy yutuq öz mevasini bermaydi. Şu bois, farmonda sud mustaqilligini kuçaytiriş va qonun ustuvorligini taʼminlaş masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Bu yönalişdagi işlar faqatgina jazo çoralari bilan çeklanib qolmasdan, huquqiy tarbiya va savodxonlikni umumtaʼlim maktablaridan boşlaşni tizimli yölga qöyiş belgilandi. Ayni paytda jamiyatimiz barqarorligiga rahna solayotgan kiberjinoyatçilik, giyohvandlik va odam savdosiga qarşi kuraşni kuçaytiriş, xotin-qizlar hamda bolalar huquqlarini işonçli himoya qiliş masalalari har qaçongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etib, keçiktirib bölmas vazifa sifatida oldimizga qöyilmoqda.
Uşbu islohotlar va milliy dasturlarning amaliy natijasi esa bevosita quyi böğinda – mahallada aks etişi kerak. Zero, davlat siyosatining çinakam samarasi odamlarning kundalik hayotida, ularning dardiga malham topilişida körinadi. Mahallani jamiyat taraqqiyotining çinakam buyurtmaçisiga aylantiriş ğoyasi ham aynan şu maqsadga xizmat qiladi. Endilikda davlat dasturlari yuqoridan tayyor holda tuşirilmasdan, balki bevosita mahallalarning öz talab va ehtiyojlari asosida şakllantirilişi tub buriliş yasaydi. Qolaversa, mahallalarning buyurtmalari va murojaatlari yuzasidan 30 kunlik muddatda qatʼiy va asoslantirilgan qaror qabul qiliş tartibining joriy etilişi byurokratik tösiqlarga barham berib, muammolarni joyida va tezkorlik bilan hal etiş imkonini beradi.
Prezidentimizning mazkur farmonida belgilangan vazifalar mamlakatimizda inson qadrini yanada yuksaltiriş, aholining turmuş farovonligini oşiriş hamda jamiyatimizni yangi, yuqori taraqqiyot marralari sari işonçli qadamlar bilan yetaklovçi mustahkam huquqiy poydevor bölib maydonga çiqadi.
Mohigul Qosimova,
ÖzA