Talabalar uchun turar joy qurib bitkazildi
Yosh avlodni jismonan va ruhan sogʻlom, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni kelajagimizning munosib vorislari etib voyaga yetkazish borasida yurtimizda muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Yosh avlodni jismonan va ruhan sogʻlom, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni kelajagimizning munosib vorislari etib voyaga yetkazish borasida yurtimizda muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Yoshlarning bilim olishi va kasb tanlash borasidagi huquq va imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida oliy oʻquv yurtlari, kasb-hunar kollejlari, maktab va maktabgacha taʼlim muassasalari, sport inshootlari zamon talablari darajasida bunyod etilib, yetarli shart-sharoitlar bilan toʻliq taʼminlanmoqda.
Toshkent farmatsevtika institutida ham ikki yil davomida bunyodkorlik, obodonlashtirish va oʻquv binolarida qayta taʼmirlash ishlari olib borildi. Xususan, joriy yilning 21-iyulidan institutda taʼmirlash va bunyodkorlik ishlari qizgʻin bordi. Bir qancha taʼmirtalab binolar yangi zamonaviy qiyofa kasb etdi.Talabalar uchun qulaylik yaratish maqsadida ochiq maydon, WI-FI zona, oʻquv amaliyot kompleksi va talabalar turar joyi ham barpo etildi.
Bugun institut hududida joylashgan yangi taʼmirdan chiqqan, 350 nafar talabaga moʻljallangan talabalar turar joyining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Talabalar turar joyida barcha qulayliklar mavjud.boʻlib, talabalar boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishi uchun kutubxona, sanʼat xonasi va xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash xonalari yaratilgan. Yangi binoning har bir qavatida talabalar uchun oshxona, yuvinish xonasi va zamonaviy kir yuvish mashinasi bilan taʼminlangan xonalar mavjud.