Urganch davlat universiteti sport majmuasida kurash bo‘yicha o‘tkazilgan “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining Respublika final bosqichida Surxondaryo viloyati jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan yetakchilikka erishdi.
Uch kunlik murosasiz bellashuvlarda 14 ta hududning 252 nafar kurashchi talaba yigit-qizlari 14 ta vaznda g‘oliblikka da’vogarlik qildi.


Yigitlar o‘rtasidagi bahslar sarhisobiga ko‘ra, 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medaliga egalik qilgan Surxondaryo viloyati talaba-yoshlari umumjamoada 1-o‘rinni, 2 ta oltin, 2 ta bronza medalini jamg‘argan Qashqadaryo viloyati vakillari 2-o‘rinni, 1 ta oltin, 2 ta bronza medali sohibi bo‘lgan poytaxtlik talaba-yigitlar jamoasi 3-o‘rinni band etdi.

Kurashchi-qizlar musobaqasida umumjamoada 2 ta oltin, 1 ta kumush medal jamg‘argan Xorazm viloyati vakillari birinchilikka erishgan vaziyatda, 2 ta oltin, 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi talabalar jamoasi 2-o‘rin, 1 tadan oltin, kumush va bronza medaliga sazovor bo‘lgan Toshkent shahri jamoasi 3-o‘rindan joy oldi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA