Talaba-yoshlar va harbiy xizmatchilar “Zakovat”da bellashdi
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati kengashi tashabbusi bilan talaba-yoshlar va harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual musobaqasi o‘tkazildi.
Yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan musobaqa ikki bosqichda tashkil etildi. Unda ishtirokchilar turli yo‘nalishlardagi savollarga javob berish orqali o‘z bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazdi.
[gallery-30671]
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, Termiz davlat pedagogika instituti jamoasi birinchi, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi ikkinchi, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti jamoasi esa uchinchi o‘rinni egalladi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA