Taekvondo WT bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tayotgan jahon chempionatidan fotoreportaj
Avval xabar qilinganidek, poytaxtdagi Olimpiya shaharchasida taekvondo bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bahslari davom etmoqda.
Kechagi bellashuvlarda ham O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari sovrindorlar safidan joy oldi. Jumladan, o‘g‘il bolalar o‘rtasida -45 kg vazn toifasida hamyurtimiz Shohjahon Xolmurodov yarim finalgacha yetib bordi. U final yo‘llanmasi uchun kechgan bahsda Tailand vakiliga imkoniyatni boy berib, musobaqani bronza medali bilan yakunladi.
[gallery-28743]
Ayni paytda terma jamoamiz hisobida 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medali mavjud.
Jahon chempionati bahslari 17-aprelga qadar davom etadi.
Muhammad AMIN(surat),O‘zA