Tadbirkorlarga mol va qo‘y go‘shtini import qilishda subsidiya ajratiladi
“Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, go‘sht mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi yo‘nalishlarda Respublika byudjetidan vaqtinchalik subsidiyalar ajratilishi belgilandi:
— 2026-yil 1-apreldan 2026-yil 1-avgustga qadar tadbirkorlarga mol va qo‘y go‘shtini import qilishda, ularni havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizi, biroq har bir kilogramm go‘sht uchun 0,8 AQSH dollaridan oshmagan miqdorda;
— 2026-yil 1-apreldan 2026-yil 31-dekabrga qadar xorijiy davlatlardan havo transporti orqali import qilingan nasldor qoramol qiymatining 10 foizi, biroq har bir bosh qoramol uchun 4 million so‘mdan oshmagan miqdorda.
Mazkur qarorga muvofiq subsidiyalar Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan moliyalashtiriladi.
O‘zA