Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot
FOTOREPORTAJ
Andijon viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari rahbarlari va viloyat tadbirkorlari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes loyihalarini moliyalashtirish, investitsiyalarni jalb etish, tadbirkorlarga bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
[gallery-31672]
Muloqot davomida tadbirkorlar o‘z faoliyatida duch kelayotgan muammolar, kredit mablag‘laridan foydalanish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, yangi loyihalarni moliyalashtirish va eksport faoliyatini rivojlantirish bilan bog‘liq takliflarini bildirdi.
Markaziy bank va tijorat banklari mas’ullari tadbirkorlarning murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarga yechim topish hamda loyihalarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan zarur choralar ko‘rilishini ta’kidladi.
Ochiq muloqotda tadbirkorlarning fikr va takliflarini bevosita eshitish, ularni qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi.
Zuhriddin UMURZOQOV(surat),O‘zA