Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Bektemir tumanida tadbirkorlarning murojaat va takliflarini o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlarni yanada kengaytirishga qaratilgan ochiq muloqot tashkil etildi.
16-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan muloqotda tuman hokimi Nurilla Abdurahmonov, Biznes-ombudsman devoni shu’ba mudiri Guljamol Shukurova, Biznes-ombudsman devonining Toshkent shahar shu’ba mudiri Farhod Axmedov hamda tuman prokurori Jamoliddin Nuriddinov ishtirok etdi.
Unda 50 dan ortiq tadbirkor qatnashib, sohadagi mavjud masalalar, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan omillar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-175-son Farmoni mazmun-mohiyati va unda belgilangan vazifalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, biznes muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlar uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Ochiq muloqotda tadbirkorlarning taklif va murojaatlari ham tinglandi. Ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Ta’kidlanganidek, bunday ochiq muloqotlar tadbirkorlarning muammolarini bevosita o‘rganish, ularga amaliy yechim topish va hududda qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Hamroz Bayonov,O‘zA