Superligada bugun ikki azaliy raqib töqnaş keladi
Futbol böyiça Özbekiston Superligasida 27-tur bahslari davom etadi. Unda «Söğdiyona» va «Dinamo» jamoalari özaro kuç sinaşadi. Uçraşuv soat 18:30 da boşlanadi.
Bugun bölib ötadigan «Söğdiyona» va «Dinamo» jamoalari örtasidagi bahs oldidan klublarning milliy çempionat doirasidagi özaro öyinlari statistikasi bilan taniştiramiz.
Uşbu ikki jamoa milliy çempionatimiz tarixida şu kunga qadar 47-marta töqnaş kelgan. Uçraşuvlarning 20 tasida «Dinamo» ğalaba qozongan bölsa, 17 bahsda «Söğdiyona» zafar quçgan. Qolgan 10 ta öyin durang bilan yakunlangan. Kiritilgan gollar nisbati — 67:53, «Dinamo» foydasiga.
Joriy mavsum Superliganing birinçi davrasidagi bahsda «Dinamo» öz maydonida 2:1 hisobida ğalaba qozongan. Ayni paytda Samarqandning boş jamoasi 34 oçko bilan turnir jadvalining 9-örnida borayotgan bölsa, «Söğdiyona» 30 oçko bilan 11-poğonani egallab turibdi.
Kuni keça Superliganing uşbu turi doirasida «Xorazm» Toşkentda «Bunyodkor» ustidan 2:1 hisobida ğalaba qozondi. «Lokomotiv» stadionida keçgan bahsda barça gollar birinçi bölimda kiritildi.
Jumladan, uçraşuvning 5-daqiqasida Suxrob Izzatov hisobni oçib, mehmonlarni oldinga olib çiqdi. 33-daqiqada «Bunyodkor» futbolçisi Matiya Krivokapiç muvozanatni tikladi. Biroq, oradan tört daqiqa ötib, Azizbek Pirmuhammadov boş bilan kiritgan gol «Xorazm»ga ğalaba keltirdi.

Şuni taʼkidlab ötiş lozimki, «Xorazm» öz tarixida ilk bor «Bunyodkor» ustidan ğalaba qozondi. 2009-yildan buyon ötkazilgan 7 ta öyinda poytaxt klubi 6 bora ğalaba qozonib, bir marta durang öynagan. Mazkur ğalabadan söng «Xorazm» oçkolarini 26 taga yetkazdi, hisobida şunça oçko bölgan «Bunyodkor» klubiga yetib oldi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA