Keyingi yillarda mamlakatimizda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishiga aylandi. “Digital Uzbekistan – 2030” strategiyasi doirasida axborot texnologiyalari sohasini kengaytirish, startap ekotizimini qo‘llab-quvvatlash hamda kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun sun’iy intellekt nafaqat iqtisodiyot va boshqaruv, balki ta’lim, sog‘liqni saqlash hamda tadbirkorlikda ham muhim omilga aylanib bormoqda.  

Ayniqsa, ayollarning bu jarayondagi faol ishtiroki alohida e’tiborga loyiq. Ular startaplarga boshchilik qilmoqda, ta’lim tashabbuslarini ilgari surmoqda va texnologiyalar yordamida jamiyat hayotiga sezilarli hissa qo‘shmoqda. Jumladan, 2018 yilda oliy ta’lim muassasalarida axborot texnologiyalari yo‘nalishida tahsil olayotgan qizlar soni 3,3 ming nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yilda bu ko‘rsatkich 17,7 mingdan oshdi. GAP loyihasi esa qisqa muddat ichida respublika bo‘ylab minglab ishtirokchini qamrab olib, ko‘plab ayollarga yetakchi kompaniyalarda ish boshlash imkoniyatini yaratdi.  

Shuningdek, “Digital Uzbekistan – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda GAP Women IT Union va IT Ladies tashabbuslarining hissasi tobora ortib bormoqda. O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi natijalari ham buni tasdiqlaydi: BMT elektron hukumat indeksida 87-o‘rindan 63-o‘ringa ko‘tarilishi, Global Startup Ecosystem Indexdagi o‘sish — mamlakatda IT-kadrlar bozorining kengayib borayotganidan dalolatdir. Bu esa ayollarning texnologiya sohasidagi faol ishtiroki strategik ahamiyat kasb etayotganini ko‘rsatmoqda.  

Yaqinda Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Ayollar va sun’iy intellekt: ilhomlantir, o‘qit, joriy et” forumi ana shu jarayonning amaliy ifodasi bo‘ldi. Tadbir ICT Week 2025 doirasida GAP Women IT Union, IT Ladies loyihasi hamda IT-ta’lim assotsiatsiyasi ko‘magida tashkil etildi. 

Forumning asosiy maqsadi — ayollarni axborot texnologiyalari sohasida qo‘llab-quvvatlash, bilim almashish va sun’iy intellektning karera, ta’lim hamda biznesdagi o‘rnini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. Ishtirokchilar qo‘llab-quvvatlash dasturlari haqida ma’lumot berib, yosh qizlarni raqamli sohaga kengroq jalb etishga undovchi hikoyalarini bo‘lishdilar.  

Asosiy ma’ruzachilar safida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi maslahatchisi Kamola Sobirova, Women in Techo Global (Fransiya) asoschisi va bosh direktori Ayumi Mor Aoki, Digital Advice Consulting (BAE) bosh direktori Shayma Kurz hamda mintaqaning taniqli ekspertlari qatnashdi.  

“Bu forum nafaqat texnologiyalar, balki ular orqali kelajakni o‘zgartirayotgan insonlar haqida. Maqsadimiz – ayollarning IT sohasidagi ulkan salohiyatini namoyish etish va ular uchun keng imkoniyatlar yaratishdir”, — dedi Kamola Sobirova.  

Forum “Woman’s path” videoloyihasi premerasi bilan yakunlandi. Unda ayollarning texnologiya olamidagi yo‘li va ularning raqamli kelajakdagi o‘rni badiiy tarzda aks ettirildi.  

Mamlakatimizda sun’iy intellektni rivojlantirish nafaqat texnologik salohiyatni oshirmoqda, balki gender tengligi yo‘lida ham yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Ayollarning IT sohasidagi faol ishtiroki raqamli taraqqiyot strategiyasiga kuchli turtki berib, innovatsion ekotizimda barqarorlik va xilma-xillikni ta’minlamoqda. Bu esa mamlakatning global texnologik raqobatda o‘z mavqeini mustahkamlashida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.  

 M. Hojiakbarova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Strategiyadan amaliyotga: “Digital Uzbekistan – 2030”ning ayollar uchun imkoniyatlari