Stol tennischimiz Osiyo chempionatida qirg‘izistonlik raqibini mag‘lub etdi
Tailandning Bangkok shahrida stol tennisi bo‘yicha U15 va U19 yosh toifasida yakkalik, jamoaviy va aralash jamoaviy tarzda o‘tkazilayotgan XXX Osiyo chempionati O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari uchun kutilgan va kutilmagan natijalarga boy bo‘lmoqda.
Kecha o‘tkazilgan bir qator o‘yinlarda o‘ziga xos natijalar qayd etildi. Xususan, U19 yosh toifasidagi aralash juftlik o‘yinlarining 1/32 final bosqichida terma jamoamiz a’zolari Xurshid Ahmedov / Arujan Kamalova tandemi Makao jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etib, 1/16 bosqichda Hindiston terma jamoasi a’zolariga 1:3 ko‘rinishida imkoniyatni boy berdi va chempionatni 1/8 final ostonasida yakunladi.

Shuningdek, kecha mahoratli kichik raketkachimiz Adelina Hasanova qirg‘izistonlik Aybiyke Orozbekovani 3:0 hisobida yengdi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA