Stol tennischilarimiz jahon reytingining yetakchilari bilan kuch sinashadi
Bugun, 22 oktabr kuni poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da stol tennisi bo‘yicha davom etayotgan Osiyo chempionatining navbatdagi kunida O‘zbekiton terma jamoasi a’zolari Diyorbek Dilshodov/Adelina Hasanova aralash juftlik bahslari 1/8 finalida Yaponiya terma jamoasi a’zolari Sora Matsushima/Miva Harimotoga qarshi bahs olib boradi.
Aytish lozimki, yaponiyalik mahoratli sportchi Sora Matsushima jahon reytingida 1-o‘rinni band etgan bo‘lsa, Miva Harimoto dunyo reytingining 3-pog‘onasini egallab turibdi.
Shuningdek, bugun kun davomidagi musobaqalarda erkaklar va ayollar o‘rtasidagi juftlik musobaqalari ham bo‘lib o‘tadi.

Erkaklar o‘rtasidagi 1/16 juftlik bahslarida hamyurtlarimizdan Xurshid Ahmedov/Musobek Toliyev eronlik Nima Alamian/Noshad Alamiyan bilan, ayollar juflik musobaqalarida Asel Erkebayeva/Adelina Hasanova Xitoy Taypeyi vakillari Szu-Yu Chen/Ying Syuan Vu bilan to‘qnash keladi.

Kecha o‘tkazilgan yakkalik musobaqalarda mamlakatimiz stol tennischilarining 5 nafari g‘alaba qozongan bo‘lsa 8 nafari imkoniyatni boyey berdi.

Xususan, erkaklar muksobaqasida Xurshid Ahmedov va Musobek Toliyev, ayollar bahsida Adelina Hasanova, Arujan Kamalova va Maftuna Elmurodova raqiblarini dog‘da qoldirdi.
33 ta davlatning mahoratli stol tennisi ustalari qatnashayotgan Osiyo chempionati musobaqalari 25-oktabrga qadar davom etadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA