Sport xabarlari
Poytaxtimizda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan yosh shaxmatchilar o‘rtasida tashkil etilgan xalqaro turnir yakunlandi.
Shaxmat. Poytaxtimizda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan yosh shaxmatchilar o‘rtasida tashkil etilgan xalqaro turnir yakunlandi.To‘qqiz turdan iborat musobaqada 7,5 ochko jamg‘argan Temur Igonin oltin medalni qo‘lga kiritdi. Turnirda Shamsiddin Vohidov 6 ochko bilan kumush medalga loyiq topildi. Iqtidorli shaxmatchimiz Abdumalik Abdusalimov 5,5 ochko bilan bronza medalga sazovor bo‘ldi.
* * *
Sambo. Marokashda o‘tkazilgan jahon chempionatining jangovar sambo yo‘nalishida 74 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar bellashuvlarida Istam Qudratov Vatanimiz sharafini munosib ximoya qildi. U barcha raqiblarini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi va jahon chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi. Mazkur musobaqada hamyurtlarimizdan Sattor Ergashev, Sarbon Ernazarov hamda Islomjon Azimovlar bronza medali bilan taqdirlandi.
* * *
Badiiy gimnastika. Moskva shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnirda vakillarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Musobaqada o‘n bir yoshli Taxmina Ikromova xalqada 14.600 ball, to‘pda 15.600 ball va arg‘amchida 16.500 ball natija ko‘rsatdi va eng yuqori 46.700 ball bilan to‘rtta oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Xalqaro turnirda hamyurtlarimizdan Nuriniso Usmonova 1 oltin va 3 kumush, Shahrizoda Qayumova 1 tadan oltin, kumush va bronza, Farzona Usmonova 2 bronza medalni qo‘lga kiritdi.