Söx daryosi — taraqqiyot energiyasi manbai
Söxning tabiiy boyligi uning toğlaridan boşlanib, vodiy tomon oqib keladigan daryosidir. Asrlar davomida aholi bu suvdan dehqonçilik, boğdorçilik va kundalik ehtiyojlar uçun foydalanib kelgan. Endi esa daryoning energetik salohiyati ham xalq manfaatiga xizmat qilişi kutilmoqda.
Söx daryosidan bugun bir daqiqada 20-25 kubometr suv oqib ötadi. Yoz kunlari esa bu raqam 325 kubometrga yetadi. Uning tarkibidagi qum loyqasi esa 3 foizdan oşdi. Xöş, Söx daryosi ustida gidroelektrostansiya quriş mumkinmi?
Mutaxassislarning izlanişi va tajribasi natijasidagi javob şunday böldi: mumkin!Loyihaning huquqiy asoslaridan biri Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-maydagi “Gidroenergetika sohasini yanada rivojlantiriş böyiça keçiktirib bölmaydigan çora-tadbirlar töğrisida”gi qaroridir. Unda Söx tumanida yangi gidroelektr stansiyasi quriş alohida investitsiya loyihasi sifatida belgilangan.
Loyihaning umumiy qiymati 40,8 million AQŞ dollarini taşkil etadi. U “Özbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining öz mablağlari hisobidan moliyalaştirilmoqda.

”Gidroproyekt” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari tomonidan işlab çiqilgan texnik loyihaga muvofiq, stansiyaning örnatilgan quvvati 15 megavatt böladi. Söx tumanining yillik elektr energiyasi isteʼmoli qariyb 70 million kilovatt-soatni taşkil etadi. Demak, yangi GES tuman ehtiyojining törtdan uç qismini qoplaş imkonini beradi. Bu esa hududning energetik taʼminotida jiddiy özgariş yasaydi.
– Qaror asosida uşbu inşoot qurilmoqda, – dedi “Özgidroenergoquriliş” AJ boş mutaxassisi Temur Nabiyev. – Uning umumiy quvvati 15 megavattni taşkil etadi. Har bir agregatimiz 7,5 megavatt energiya beradi. Bir yilda 50 million kilovatt soat energiya işlab çiqaradi. Bu esa Söx tumani aholisining elektr energiyasiga bölgan ehtiyojini taʼminlaydi.
– Loyiha “Milliy loyiha” konsepsiyasi doirasida amalga oşirilmoqda. Yaʼni, loyiha va quriliş işlarining barça bosqiçlari “Özgidroenergo” AJ tizimi tomonidan bajarilyapti, – dedi “Özgidroenergoquriliş” AJ işlab çiqariş bölimi mutaxassisi Maʼrufjon Raupov.
Hozir daryoning söl qirğoğida işlar jadal olib borilmoqda. Iş boşida daryo özanining bir qismini yangi yönalişga buriş böldi. Bu yerda qudratli texnik vositalar harakat qilmoqda.

– Hozirgi kunda 14 ta ekskavator, 40 ta yuk maşinalari, önlab yuklovçi mexanizmlar hamda buldozerlar işlamoqda. Işçilar soni esa tört yuzdan ortiq, – dedi “Özgidroenergoquriliş” AJ boş direktori maslahatçisi Sobirjon Mirahmedov. – Yer işlarining töqson foizi bajarildi. Jami ön olti ming tonnadan ziyod beton quyuldi. Töğon boşida uç kilometr uzunlikdagi beton kanal qurilişi ham jadal davom etmoqda. Hozirgaça uning dastlabki 1000 metri bitkazildi. Söx GESining özigagina xos xislatlari bor. Unda suv tindirgiç, suv töplagiç inşootlari qurilmoqda. Çunki, Söx daryosi suvi Özbekistondagi tarkibida eng köp qum zarralari va loyqa borligi bilan ajralib turadi.
Loyiha doirasida yangiça yeçimlar ham mavjud. Masalan, suv tindirgiç inşooti Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi. Suv tarkibidagi loyqa, qum şu yerda tindirib olinadi, söng çökindi alohida yölakdan çiqarib yuboriladi. Toza suv esa agregatlarga oqiziladi.
Söx GESi loyihasida aholi bandligi masalasiga alohida eʼtibor qaratilgan. Quriliş davrida 400 nafar fuqaro iş bilan taʼminlandi. Stansiya foydalanişga topşirilgaç esa 17 ta doimiy iş örni yaratiladi.

Yangi GESning yana bir iqtisodiy samarasi tabiiy gaz tejalişi bilan boğliq. Hisob-kitoblarga köra, stansiya işga tuşgaç, yiliga qariyb 14 million kub metr tabiiy gaz tejalişi kutilmoqda. Bu esa mamlakatning energetika resurslaridan oqilona foydalanişga xizmat qiladi.
– Bu yerga ikkita agregatning suv çiqariş elementlari örnatilgan. Hozir esa beton işlari olib borilmoqda, – dedi Temur Nabiyev. – Uşbu agregatlardan bir sekundda 60 kubometr suv çiqib energiya hosil qildi.
Söx daryosi suvi asrlar davomida bu zamin aholisining rizqu-röziga xizmat qilib kelgan. Endi esa uning quvvati zamonaviy texnologiyalar vositasida elektr energiyasiga aylantirilib, yanada keng imkoniyatlar eşigini oçmoqda. 15 megavatt quvvatga ega bölajak GES — bu şunçaki beton, metall va turbinalardan iborat inşoot emas. Bu Söxning ertangi kuniga, uning iqtisodiy taraqqiyotiga, aholi farovonligi va yoşlar kelajagiga qaratilgan sarmoyadir.
Söx daryosi endi nafaqat dalalarga suv, balki xonadonlarga nur, hudud taraqqiyotiga yangi energiya bağişlaydi.
Muhammadjon Obidov,
Elyor Olimov,
ÖzA muxbirlari