Davlat bayroğidan foydalaniş imkoniyatlari kengaytirilgani fuqarolarda faxrlaniş hissini yanada oşiradi
18-noyabr – Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun munosabati bilan joylarda bayram tadbirlari qizğin ruhda taşkil etilmoqda.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoşlar masalalari qömitasi tomonidan ötkazilgan “Davlat bayroği — milliy ğurur, xalq hamjihatligi va yuksak fuqarolik tuyğusini şakllantiriş omili” mavzusidagi davra suhbatida ham turli soha vakillari jam bölib, Davlat bayroği xalqimiz orzu-intilişlari namunasi ekani eʼtirof etildi.
— 1991-yil 18-noyabr kuni “Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği töğrisida”gi qonunning qabul qilinişi mamlakatimiz mustaqil davlat sifatida öz davlat ramzlarini belgilab olgan muhim tarixiy voqealardan biri böldi, — dedi qömita raisi N.Jumayev. — Bayroğimiz xalqimizning ezgu maqsadlari, milliy qadriyatlari, tinçlik va farovonlikka bölgan intilişlarini özida mujassam etgan muqaddas timsoldir.

Davra suhbatida davlat ramzlariga oid qonunçilikni takomillaştiriş borasidagi saʼy-harakatlar haqida alohida töxtalib ötildi. Qayd etilganidek, 2023-yil 7-iyulda “Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği töğrisida”gi qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritilib, fuqarolar hamda yuridik şaxslarning Davlat bayroğidan foydalaniş imkoniyatlari kengaytirildi. Xususan, Davlat bayroği tasviri tuşirilgan belgilardan jamoat joylarida, binolarda, yaşaş va iş joylarida, ularga tutaş hududlarda hamda transport vositalari salonida foydalanişga ruxsat berildi.
Bu esa Davlat bayroğini faqat rasmiy davlat tadbirlarining ramzi sifatida emas, balki har bir fuqaroning Vatanga bölgan muhabbati, faxr-iftixori va daxldorligini ifodalovçi milliy timsol sifatida namoyon etiş imkoniyatlarini kengaytirdi.
Muhokamalar davomida huquqşunos olimlar, madaniyat sohasi vakillari va jurnalistlar Davlat bayroğining tarixiy va huquqiy asoslari, unda aks etgan ranglar va ramzlarning maʼnaviy-falsafiy mazmuni, bayroqning har bir fuqaro qalbidan örin egallagani, yoşlarda vatanparvarlik, milliy ğurur, fuqarolik masʼuliyati va umummilliy birdamlik tuyğularini şakllantirişdagi ahamiyati borasida öz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Şuningdek, davra suhbatida davlat ramzlariga oid qonunçilikni yanada takomillaştiriş, Davlat bayroğining jamiyat hayotidagi örnini mustahkamlaş va uni eʼzozlaş madaniyatini yuksaltiriş borasidagi vazifalarga ham alohida eʼtibor qaratildi.
M.Komilova,
ÖzA