Sönggi uç yilda 500 nafardan ortiq şifokor Xitoyda malaka oşirdi
Soğliqni saqlaş vazirining örinbosari Jaloliddin Asamutdinov Xitoy Xalqaro madaniy kommunikatsiya markazi raisi Lun Yuysyan boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşdi.
Vazirlik matbuot xizmati xabariga köra, muloqotda ikki davlat rahbarlarining saʼy-harakatlari bilan strategik şeriklik munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotgani taʼkidlandi. Xususan, tibbiyot sohasi bu borada muhim örin tutişi, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, kadrlar tayyorlaş va farmatsevtika yönalişlarida qöşma loyihalar amalga oşirilayotgani qayd etildi.
Maʼlumot berilişiça, sönggi uç yilda 500 nafardan ortiq özbekistonlik şifokor Xitoyda malaka oşirib qaytdi. Şuningdek, yurtimizda Xitoyning 10 dan ortiq farmatsevtika kompaniyasi faoliyat yuritmoqda, ularning 188 turdagi dori vositasi hamda 1 ming 900 ta tibbiy buyum va diagnostika vositalari Özbekistonda röyxatdan ötgan.
Uçraşuvda mamlakatimizda anʼanaviy tibbiyotni rivojlantiriş, bu borada Xitoy tajribasidan foydalaniş, qöşma tadqiqotlarni yölga qöyiş hamda malakali mutaxassislar tayyorlaş masalalari muhokama qilindi. Öz navbatida, xorijlik mehmonlar Özbekistondagi investitsiya muhitiga qiziqiş bildirib, Xitoy investorlarining yurtimizga taşrifini taşkil etiş taklifini ilgari surdi.
Muzokaralar yakunida xitoylik mutaxassislar iştirokida grant asosida yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini ötkaziş hamda dorivor ösimliklarni yetiştiriş, qayta işlaş va tabiiy xomaşyodan dori vositalarini işlab çiqariş sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantiriş böyiça kelişuvlarga erişildi.
Mohigul Qosimova,
ÖzA