Ötkir yurak-qon tomir kasalliklari profilaktikasi kun tartibida
Xorazm viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasida ötkazilgan yiğilişda ötkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning oldini oliş masalalari muhokama qilindi.
Unda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi “Ötkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning oldini oliş çora-tadbirlarini takomillaştiriş töğrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan davolaş-profilaktika muassasalari tomonidan amalga oşirilgan va kelgusida amalga oşirilişi lozim bölgan işlar körib çiqildi.

Yiğilişda Orolböyi mintaqasi kardiologiya va kardioxirurgiya markazi, Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali, Xorazm viloyat köp tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika tez tibbiy yordam markazi Xorazm filiali rahbarlari va masʼullari, barça tuman va şahar tibbiyot birlaşmalari boşliqlari, bölim mudirlari, boş kardiolog va boş nevropatologlar, reanimatsiya bölimi mudirlari şuningdek, tibbiyot birlaşmalari boşliqlarining davolaş işlari böyiça örinbosarlari, kardiologlar, nevropatologlar, reanimatorlar va «103» xizmati şifokorlari hududiy studiyalarda onlayn tarzda iştirok etdilar.

Muhokamalar davomida mazkur qaror ijrosini tizimli taşkil etiş, aholi örtasida ötkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning oldini oliş hamda erta aniqlaş borasida davolaş-profilaktika muassasalari oldida turgan dolzarb vazifalar atrofliça tahlil qilindi.
Şuningdek, iştirokçilarga malakali soha mutaxassislaridan bemorlarni qabul qiliş, tezkor taşxislaş, şoşilinç va tez tibbiy yordam xizmati hamda ixtisoslaştirilgan bölimlar örtasidagi özaro hamkorlikni yölga qöyişga doir amaliy jarayon tartiblari batafsil tuşuntirildi.

Yakunda esa belgilangan standartlar asosida aholiga malakali tibbiy yordam körsatiş sifatini oşiriş yuzasidan masʼullarga aniq topşiriqlar berildi.
Ahmadjon Şokirov,
ÖzA muxbiri