Sohil futboli: Osiyo kubogi taqvimi tasdiqlandi
Joriy yilning 18–28-noyabr kunlari Tailandda sohil futboli bo‘yicha o‘tkazilishi belgilangan XII Osiyo kubogi final bosqichining o‘yinlar taqvimi tasdiqlandi.
Mazkur nufuzli futzal musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi “C” guruhida ikki karra Osiyo chempionligiga erishgan Birlashgan Arab amirliklari, bir bor g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilgan Ummon hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalari bilan guruh bosqichida kurash olib boradi.
Tasdiqlangan tavqimga ko‘ra, mamlakatimiz futzalchilari ilk uchrashuvni 19-noyabr kuni Ummon jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Shundan so‘ng, 21-noyabrda BAA, 23 nochyabr kuni esa Suaduliya Arabistoni jamoasi bilan kuch sinashadi.
Osiyo kubogining barcha uchrashuvlari Tailandning Pxang Nga shahridagi “Memories Beach Arena” sport majmuasida o‘tkaziladi.
Qit’a kubogining Pley-off bosqich o‘yinlari 25-noyabrda boshlanib, guruhlarda dastlabki ikkita o‘rinni egallagan jamoalar hamda eng yaxshi ko‘rsatkichga erishgan 2 ta 3-o‘rinni egallagan terma jamoalar chorak finalga yo‘l oladi.
Yarim final o‘yinlari 27-noyabr, 3-o‘rin va final bahsi 28-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA