O‘zbekiston milliy bog‘ida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Sport vazirligi hamkorligida “Sog‘lom oila uchun birlashaylik!” shiori ostida ommaviy badantarbiya hamda besh ming qadam yurish sport tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur sport tadbirida vazirlik va idoralarda, mehnat jamoalarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar, uy bekalari ishtirok etdi.  

Yurtimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sog‘lig‘ini saqlash, ayollar sportini rivojlantirish, opa-singillarimiz uchun ular orasida ommaviy sport musobaqalarini tizimli tashkil etish orqali sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni ommaviy sportga jalb etish yangi bosqichga olib chiqilmoqda.

Bugungi kunda mamlakat xotin-qizlarining 60 foizi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari va ommaviy sport tadbirlarida ishtirok etib kelmoqda. Shu bilan birga, sport bilan doimiy shug‘ullanayotgan ayollar ulushi 30 foizdan oshdi.  

Davlatimiz rahbari tomonidan 2025 yil 13 fevral kuni Olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.  

Mahallalar kesimida “Aholining jismoniy faolligi reytingi”ni yuritish, yil yakunida eng faol oilalarga trenajyorlar berilishi, eng yaxshi mahallalarda sport maydonchalari qurilishi haqida ta’kidlandi.

Shuningdek, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda nafaqat sport, balki to‘g‘ri ovqatlanish ham dolzarb ahamiyatga ega ekani qayd etildi. O‘tkazilgan o‘rganishlarga ko‘ra, aholimizning 44 foizi jismoniy faol emasligi, 36 foizi to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga amal qilmasligi aniqlangan.  

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi Sport vazirligi bilan “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” g‘oyasi asosida xotin-qizlarni jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari va ommaviy sport tadbirlariga yanada kengroq jalb qilish maqsadida qo‘shma qaror imzoladi.

Mazkur qo‘shma qaror asosida yurtimizdagi 9 ming 452 ta mahallada istiqomat qiluvchi xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy sport turlariga qiziqishini oshirish, ularni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratish hamda sport musobaqalari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Har bir ota-ona, har bir millatning niyati – jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashdir. Bunga esa jismoniy tarbiya va sportsiz erishib bo‘lmaydi. Sport sog‘lom xalq, sog‘lom oila, sog‘lom avlodning tayanch ustunidir. Shu bois davlatimiz tomonidan bu sohaga katta e’tibor qaratilmoqda.

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining har bir ayolni “Sog‘lom turmush tarzi umummilliy harakati”ning yetakchi faoli qilish bo‘yicha chorlovlarida ham sport bilan shug‘ullanishni kundalik hayot tarziga aylantirish, reproduktiv salomatlik mezonlariga amal qilish g‘oyasi aks etgan.  

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova ishtirok etdi.

Bunday sport-sog‘lomlashtirish aksiyalari mamlakatimiz bo‘ylab bo‘lib o‘tmoqda.  

N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Sog‘lom oila uchun birlashaylik!” shiori ostida ommaviy sport aksiyasi o‘tkazildi