O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitso 8 iyun kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Toshkent shahri xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 9 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. 

Oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston – Slovakiya ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Muloqotlarda savdo, investitsiya va innovatsiyalar, qishloq xo‘jaligi, sanoat, energetika, turizm sohalarida sheriklikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi. Tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalaridagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqiladi. Xalqaro ahamiyatga molik masalalar, jumladan, ko‘p tomonlama maydonlarda o‘zaro qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashiladi.

Yetakchilarning uchrashuvi yakunida O‘zbekiston bilan Slovakiya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

[gallery-23806]

Shuningdek, Slovakiya Bosh vaziri IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etadi.

<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/0J1KptYJ5tw" title="Slovakiya Bosh vaziri O`zbekistonga keldi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

I.AVVALBOEV,

N.HAYDAROV (surat, video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Slovakiya Bosh vaziri O‘zbekistonga keldi (+video)