Sirojiddin Sayyid Belarus Yozuvçilar uyuşmasining kökrak nişoni bilan taqdirlandi
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi, taniqli şoir Sirojiddin Sayyid xalqaro adabiy hamkorlik va adabiyot rivojiga qöşgan munosib hissasi uçun Belarus Yozuvçilar uyuşmasining «Adabiyotga qöşgan katta hissasi uçun» kökrak nişoni bilan taqdirlandi.
Faxriy mukofot Belarus Yozuvçilar uyuşmasi raisi Aleksandr Karlyukeviç tomonidan imzolangan.

Mazkur eʼtirof ikki mamlakat örtasidagi adabiy-madaniy aloqalar, ijodiy hamkorlik va xalqlar örtasidagi döstlik riştalarining mustahkamlanişiga qöşilayotgan hissaga bildirilgan yuksak hurmat ifodasi.

Sirojiddin Sayyidning uşbu mukofot bilan taqdirlanişi nafaqat şoir ijodiga, balki özbek adabiyoti va uning xalqaro miqyosdagi nufuziga körsatilgan eʼtibor sifatida ham ahamiyatli.

Ustoz qalamkaş ijodining öziga xosligi şundaki, u oddiy va samimiy sözlar orqali inson qalbidagi çuqur his-tuyğularni ifodalay oladi. Uning şeʼrlarida Vatanga muhabbat, onaga hurmat, soğinç, mehr-oqibat kabi mavzular juda ravon, xalqona tilda yoritilgan. Şoir asarlari Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston va Janubiy Koreya kabi davlatlarda ham naşr etilib, turli tillarga tarjima qilingan.
N.Usmonova,
ÖzA