Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryo viloyatiga hokim vazifasini bajaruvchi tayinlandi

Prezidentning tegishli Farmoni bilan Maxmudaliyev Akmaljon Azimjonovich zimmasiga Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajarish yuklatildi.

Ayni daqiqalarda Bosh vazir Abdulla Aripov hamda Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov ishtirokida Sirdaryo viloyatida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda mazkur farmon matni o‘qib eshittirilgan va yangi hokim jamoaga tanishtirilgan.  

A.Maxmudaliyev ko‘p yillar davlat idoralarida mehnat qilib, katta tajriba to‘plagan. Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi, Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumani hokimi, Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.  

Eslatib o‘tamiz, Sirdaryo viloyatining sobiq hokimi Mirzayev G‘ofirjon G‘aniyevich Prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlangan edi.

O‘zA